Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Onlayn auksion orqali 4,1 mlrd so‘mlik avtomobil raqamlari sotildi
Foto: KUN.UZ
2019 yilning 9-15 sentyabrlarida “O‘zRTXB” AJda 995,9 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi, bu avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 75 %ga ko‘p. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 43 %ga o‘sib, 411,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Shu jumladan, birja savdolarining hajmi 478,1 mlrd so‘mdan 894,6 mlrd so‘mga oshdi. Valuta savdo maydonchasi orqali 1,6 mln AQSh dollarlik 1500 tonna polietilen sotildi.
Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 29,9 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 30,8 %ga ko‘p. Kichik biznes sub'yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 5,4 mlrd so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 18,1 %ni egalladi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 687ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 4,1 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 16,7 % birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 42,4 % ikkinchi va 40,9 % uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Mavzuga oid
14:27 / 23.12.2025
«Samarador» MChJ Transport vazirligi binosini sotib oldi
07:58 / 18.12.2025
450 mln dollarlik rekord: auksionlardagi eng qimmat 20 ta san’at asari
18:39 / 05.12.2025
Kimoshdi savdosida eng qimmat narxda sotilgan avtomobil ma’lum bo‘ldi
14:56 / 29.10.2025