Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ar-Riyod neft obektlariga hujumda qo‘llangan dronlarning bo‘laklarini ko‘rsatdi
Saudiya Arabistoni mudofaa vazirligi neft konlariga hujum qilishda qo‘llangan dronlar bo‘laklarini ko‘rsatdi. Buni Al Arabiya telekanali namoyish qildi.
Mudofaa vazirligi vakili Turki al-Malikiyning aytishicha, Eron hujumni Yamandan bo‘lgandek qilib ko‘rsatishga urinayotganiga qaramasdan, hujum u yerdan amalga oshirilmagan.
Turki al-Malikiyning ta'kidlashicha, hujum vaqtida shuningdek qanotli raketalar, umumiy hisobda 25 ta dron va raketa qo‘llangan. Dronlar yamanlik husiylar avval qo‘llagan dronlardan farq qiladi. Al-Malikiyning qo‘shimcha qilishicha, hujumlar vaqtida Eronning Delta Wing UAV dronlari qo‘llangan.