Joriy yilning 6 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasida ötkazilgan “Hukumat soati”da Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi raisi Behzod Musayev yangi soliq konsepsiyasining joriy qilingani munosabati bilan belgilangan soliq yukini kamaytiriş va soliq soliş tizimini soddalaştiriş, soliq ma'muriyatçiligini takomillaştiriş vazifalari böyiça amalga oşirilayotgan işlari töğrisida deputatlarga axborot berdi.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Erkin Xolbötayevning yozişiça, “Hukumat soati” öz nomi bilan bir soat davom etadigan tadbir. Şu bois, parlament quyi palatasida qaror topgan amaliyotga muvofiq, Davlat soliq qömitasi raisiga axborot berişi uçun 20 daqiqagaça vaqt ajratilgan edi. 

“Ammo “ma'ruza” 35 daqiqaga çözilib ketdi. Tabiiyki, savol-javoblarga juda kam vaqt qoldi. Natijada parlament a'zolari köplab muammoli savollarini berolmadilar.

Bu ham yetmaganday, xalq vakillarining aholi hamda tadbirkorlarni öylantirayotgan masalalar yuzasidan bergan savollariga ham mutasaddilar aniq javob qaytara olmadi”, - deydi deputat.

ÖzLiDeP fraksiyasi tomonidan prezidentning 2018 yil 30 oktyabrdagi “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlaştiriş va raqobatni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bilan 2019 yil 1 yanvardan boşlab davlat uluşi 50 foizdan kam bölgan korxonalar kontragentlari bilan özaro munosabatlarda keçiktirilgan debitorlik qarzlar uçun sanksiyalarni qöllaş tartibi bekor qilingan bölişiga qaramasdan, soliq organlari tomonidan moliyaviy sanksiya va jarimalar qöllanib kelinayotgani aniq misollar bilan keltirilib, e'tiroz bildirildi.

Davlat soliq qömitasining raisi esa, mazkur masala töliq örganib çiqişni, bu esa, vaqt talab talab etişini rökaç qilib, keltirilgan misollardagi qarzdorliklar ötgan yillarda vujudga kelgani uçun moliyaviy jarimalar qöllanilgan bölişi mumkin, deya javob qaytardi, deb yozadi deputat.

Uning aytişiça, prezident farmonida debitorlik qarzlar uçun sanksiyalarni qöllaş tartibi 2019 yil 1 yanvardan bekor qilinişi qayd etilgan bölib, bunda ötgan davrda hosil bölgan debitorlik qarzlari uçun qöllanilmasligi keltirilmagan. Ya'ni, bu korxonalar kontragentlari bilan özaro munosabatlarda keçiktirilgan debitorlik qarzlar ötgan yillardan bölsa ham sanksiyalar qöllanmasligini anglatadi.

“Qiziği, deputatlarning boşqa savollariga ham javob şunga öxşaş tarzda berildi.

Xullas, Davlat soliq qömitasi raisidan “Hukumat soati”da köp masalalarga yeçim, jöyali javob kutgan edik. Ammo soliq organlari tadbirkorlarni qöllab-quvvatlovçi, haqiqiy maslahatçi organga aylanişiga hali ança vaqt borligiga öxşaydi”, - deyiladi Erkin Xolbötayevning munosabatida.