Jahon | 07:46 / 20.09.2019
4664
1 daqiqa o‘qiladi

Salvadorning sobiq prezidenti qo‘shimcha 2 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Foto: REUTERS/Jose Cabezas

Salvador sudi mamlakatning sobiq prezidenti Elias Antonio Sakani sud xodimiga pora berish ayblovi bo‘yicha 2 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda La Prensa nashri xabar berdi. 

Prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, Saka o‘zi ishtirok etgan fuqarolik ishi bo‘yicha ma'lumot olish uchun pora bergan.

Saka 2018 yilda talon-tarojlik va pul yuvganlik uchun 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi. U korrupsiya uchun jazolangan Salvadorning birinchi sobiq prezidenti hisoblanadi.

Mamlakatni 2004 yildan 2009 yilgacha boshqargan Saka 2016 yil oktyabrda korrupsiya va davlat mablag‘larini xarjlab yuborish gumoni bilan hibsga olingan. U, shuningdek, prezidentlik vakolati tugashigacha hisobraqamida turgan 5 mln dollarning kelib chiqishini tushuntira olmagandan keyin noqonuniy boyishda ayblangan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid