Vazirlik: «O‘zbek olimlari qimmatbaho metallar yashirin konlarini topishning noyob usulini yaratdilar»
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi ilmiy xodimlari Shotlandiyaning Glazgo shahridagi Mineral konlar amaliy geologiya jamiyati konferensiyasida ishtirok etdilar.
Qayd etilishicha, Mineral konlar amaliy geologiyasi jamiyati (SGA) - foydali qazilma konlarining geologiya fanini targ‘ib qiluvchi xalqaro ilmiy jamiyat. SGA 1965 yili tashkil etilgan bo‘lib, jahonning 1300 nafardan ortiq ilm-fan vakillari va tog‘-kon sanoati vakillari uning a'zolaridir. Jamiyat matbaa (tog‘-kon va iqtisodiy geologiya bo‘yicha dunyodagi eng yetakchi nashrlardan bo‘lmish “Mineralium Deposita” jurnalini chop etadi) va ta'lim faoliyati bilan ham shug‘ullanadi, shuningdek ikki yilda bir xalqaro konferensiya o‘tkazadi.
Mazkur konferensiyada Ilg‘or texnologiyalar markazi direktor o‘rinbosari, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi Rustam Xolmatov birinchi marta O‘zbekiston nomidan ma'ruza qildi.
U anjuman ishtirokchilariga Ilg‘or texnologiyalar markazi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan qimmatbaho metallar yashirin konlarini qidirish, tiplashtirish va baholashning mineral-geokimyoviy nanotexnologiya usuli haqida so‘zladi. Mazkur usul qimmatbaho metallarning yangi konlarini topish imkonini beradi. Gap shundaki, bugungi kunda sirtki qatlamdagi barcha konlar allaqachon topilgan bo‘lib, endigi maqsad – qimmatbaho metallarning yashirin konlarini topishdir, deb ta'kidladi Rustam Xolmatov.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Chexiya Geologiya xizmati bilan qo‘shma tadqiqotlar bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Mavzuga oid
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
20:52 / 04.10.2024
Saida Mirziyoyeva Kreativ iqtisodiyot anjumani hamkorlariga minnatdorlik bildirdi
10:30 / 17.09.2024
Ilmiy va innovatsion faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar reyestri joriy etiladi
13:30 / 22.08.2024