Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Özbekiston Respublikasida arxiv işi va iş yuritişni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi.

Quyidagilar tuziladi:

Özbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi negizida Özbekiston Milliy arxivi;

Özbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivi negizida Özbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi;

Özbekiston Respublikasi Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi negizida Özbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi;

Toşkent şahar davlat arxivi negizida Toşkent şahar markaziy davlat arxivi;

Agentlik huzurida muassasa şaklida Arxiv işi va iş yuritiş böyiça malaka oşiriş ilmiy-metodik markazi;

Agentlik huzurida yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan Arxiv işini rivojlantiriş jamğarmasi.

Belgilab qöyilişiça, Özbekiston Milliy arxivi Özbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining, Özbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi Özbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivining, Özbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi Özbekiston Respublikasi Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivining, Toşkent şahar markaziy davlat arxivi Toşkent şahar davlat arxivining huquqlari va majburiyatlari böyiça huquqiy vorisi hisoblanadi.

Quyidagilar arxiv işi va iş yuritiş sohasini takomillaştirişning asosiy yönalişlari etib belgilandi:

arxiv işi va iş yuritiş faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadallik bilan joriy etiş, Özbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini bosqiçma-bosqiç raqamlaştiriş va suğurta nusxalarini yaratiş;

arxiv hujjatlarini maxfiylikdan çiqariş işlarini faollaştiriş orqali arxiv axborotlaridan foydalanuvçilar sonini kengaytiriş;

arxiv xizmatlarini bosqiçma-bosqiç Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali körsatilişini taşkil etiş;

arxivlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş hamda infratuzilmasini yanada modernizatsiya qiliş, arxiv hujjatlarini jamlaş, davlat hisobiga oliş, saqlaş va ulardan foydalanişning zamonaviy usullarini joriy etiş;