Özgidromet 2–5 iyul kunlari Özbekistonga jazirama issiq kirib kelişi haqida ogohlantirdi. Mamlakat hududiga janubdan juda issiq havo kirib kelişi kutilmoqda. Harorat +40…+43 darajagaça, ba’zi joylarda +44…+46 darajagaça kötariladi.

Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Özbekistondagi vakolatxonasi jazirama juda tez xastalaşi yoki hatto ölimga olib kelişi mumkinligini eslatdi, şuning uçun issiqlik haqidagi har qanday ogohlantiriş tezkor çoralar köriş uçun signal bölişi kerak.

JSST özini va yaqinlarini qizib ketiş va termik kuyişdan qanday himoya qiliş böyiça tavsiyalarni e’lon qildi.

Issiqda qolmaslikka harakat qiliş

  • Quyoş eng qizigan paytda taşqariga çiqmaslikka harakat qiling. Bu vaqtda jismoniy faollikni çeklang.
  • Soyada böling. Quyoşda bölganingizda, atrof-muhit harorati 10−15 darajaga yuqoriroq tuyilişi mumkin.
  • Agar iloji bölsa, kunning kamida ikki-uç soatini salqin xonada ötkazing.
  • Çökiş xavfini unutmang. Heç qaçon suvda yolğiz suzmang.
  • Rasmiy ob-havo ogohlantirişlarini diqqat bilan kuzating.

Uyni salqin saqlaş

  • Keçqurun va erta tongda havo salqin bölganida derazalarni oçing.
  • Kunduzi taşqarida harorat xonaga qaraganda yuqori bölganda derazalarni, pardalarni yopib, quyoş nurlarining kirişini çeklang.
  • Elektr jihozlarini imkon qadar öçiring.
  • Elektr ventilyatorlardan faqat 40 darajadan past haroratda foydalaning. 40 darajadan yuqori haroratda ventilyator tanani yanada qizdiradi.
  • Agar konditsioner bilan birgalikda elektr ventilyator işlata olsangiz, haroratni 27 darajaga örnating va elektr ventilyatorni yoqing — xonadagi harorat 4 darajaga pastroq his qilinadi. Şu yöl bilan xonani sovitiş uçun sarflanadigan elektr energiyasini 70 foizgaça tejaş mumkin.
  • Esda tuting, taşqaridagi soya ostida böliş içkari xonaga qaraganda salqinroq bölişi mumkin.