Jahon | 14:31 / 23.09.2019
17915
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada yana qulupnaylar ichidan ignalar chiqmoqda

Foto: The Age

Avstraliyaning Viktoriya shtati politsiyasi supermarketlarda sotib olingan qulupnaylar ichidan ignalar chiqish holatlarini tekshirmoqda. Bu haqda The Age gazetasi xabar berdi.

Ana shunday holatga duch kelgan ayollardan birining aytishicha, u tortga qo‘shish uchun sotib olgan qulupnay ichidan igna chiqqan.

"Joyimda qotib qoldim, ko‘zlarimga ishonmasdim. Ikkita bolam qo‘llaridagi qulupnaylarni endi yeyishmoqchi edi. Yaxshiyamki, igna qo‘limdagi qulupnay ichidan chiqdi", — dedi u.

Xuddi shunday holat ikki hafta ilgari ham yuz bergan.

O‘tgan yil sentyabrda Avstraliya politsiyasi qulupnaylar ichidan tikuv ignalari chiqish holatlari yuz berganidan so‘ng federal tekshiruv olib borgandi. Ignalar shuningdek, banan va olmalar ichidan ham chiqqandi.

Politsiya ushbu jinoyatni sodir etgan ayolni qo‘lga olgan, u keyinchalik garov evaziga ozodlikka chiqarilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid