18 sentabr kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi sudyasi Zafar Nurmatov raisligida Navoiydagi 47-sonli jazoni ijro etiş muassasasida vafot etgan Ş.S. işi böyiça sud majlisi davom ettirildi.

Bu galgi sud majlisida marhumni ekspertizadan ötkazgan ekspertlar Jamoliddin Begboyev, Şahlo Yunusova, eksgumatsiyada iştirok etgan  ekspert Şohsanam Yadgarova va tergov hibsxonasi feldşeri Uluğbek Berdiyev guvoh sifatida körsatma berişdi.

Jamoliddin Begboyev, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toşkent viloyat filiali eksperti:

Jamoliddin Begboyev

– Bu holat böyiça 2018 yil oxirida Şahlo Yunusova meni çaqirdi-da, şu işni köriş böyiça maslahat söradi. Men «aqling bölsa, bu işni körma» deb javob berdim. Çunki taşxis töğri kelmagani körinib turardi. Taqdir bölib, bu iş baribir u va menga kelib qoldi. Gistologiya – bu içki a'zolarning parçalari holatini mikroskop yordamida örganib, ölimga va kasallikka boğliqligini baholab beruvçi fan. Bu fanning ham öz tili bor. Oldingi bir ekspertiza xulosasida protokol qismida jarohatlarning belgisi sanab ötilgan, biroq xotima qismida sepsis deb qöygan. Men Şahlo Yunusova raisligidagi sud-tibbiy ekspertizasida qatnaşdim va töliq yoritib berganman. Har bir holatni tahlil qilib, öz javobimni aytdim. Elektr tamğa, şok, boş miya lat yeyişi va boşqa holatlarni tahlil qilib berganman. Ammo, mening xulosam komission bölimga yoqmadi. Şundan söng, menga nisbatan bosimlar boşlanib ketdi. Men buni audioyozuv qilib olganman ham. Men buni isbotlaş uçun sudga taqdim qilişga tayyorman.

J. Begboyev tomonidan sudga taqdim etilgan audioyozuvlar aks ettirilgan disk iş hujjatlariga qöşiş va uni sud majlisida eşitiş masalasi örtaga qöyildi. Raislik qiluvçi tomonidan taraflar fikri söraldi. Hamma bir ovozdan rozilik berdi.

– Menga nisbatan boşliğim tarafidan bosimlar böldi. «Nega sepsis qöyib bermaysan? Nega sepsisni tasdiqlab bermaysan?» deyişdi. Men xulosamda elektr tamğa, şok holati, boş miya lat yeyişi kabi xulosalar berganman. 

Prokuror: