Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yashirin yo‘llar bilan olib o‘tishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi
Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, qonunbuzar fuqarolar tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy yo‘llar bilan olib o‘tishga bo‘lgan urinish Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf qilindi.

Jumladan, xorijdan uchib kelgan fuqaro A.B. va G.N larning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va ushbu shaxslar belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, ularning yuklari orasidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma'lum qilinmagan umumiy qiymati 110 million so‘mga teng bo‘lgan jami 7900 dona “Montalin” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
09:31 / 21.02.2025