Jahon | 09:08 / 24.09.2019
10315
2 daqiqa o‘qiladi

Haiti parlamentida senator otishma sodir etdi

Foto: REUTERS

Haiti parlamentida bosh vazir Frits Uilyam nomzodi bo‘yicha ovoz berish vaqtidagi otishmada 2 kishi yaralandi. Bu haqda HaitiLibre nashri xabar berdi. Otishmani senatorlardan biri Jan-Mari Ralf Fete sodir etgan. 

Ma'lum qilinishicha, yaralanganlardan biri Associated Press nashri fotomuxbiri bo‘lgan. Uning yuziga o‘q tekkan. Ikkinchi jabrlanuvchi senat apparati xodimi bo‘lgan.

Senatorning o‘zi esa bu qilmishini namoyishchilardan himoyalanish maqsadida sodir etganini aytgan. “Men o‘zimni himoya qildim. Himoyalanish bu muqaddas huquqdir”, deb aytgan senator.

Uning ta'kidlashicha, u oldinroq qurollangan odamlardan tahdidlar olgan.

Voqea natijasida ovoz berish to‘xtatilgan, uning yana qachon o‘tkazilishi mavhum bo‘lib qolgan.

Haitida bir necha haftadan beri hukumatga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda. Aholi narxlar oshishi, benzin taqchilligidan norozilik bildirmoqda va hukmron doiralar, jumladan prezident Jovenel Moizni korrupsiyada ayblamoqda.

Mavzuga oid