Uchquduqda sodir etilgan bosqinchilik fosh etildi
Joriy yilning 18 sentabr kuni Navoiy viloyatining Uchquduq tumani Ichki ishlar bo‘limiga shu tumanning Geologlar ko‘chasidagi xonadonga ikki nafar noma'lum shaxs o‘zlarini kommunal xizmati xodimlari deb aldab kirishgani, ushbu xonadon egasining farzandi uyda yolg‘iz qolganidan foydalanib, uning qo‘llarini skotch bilan bog‘lab, bosqinchilik jinoyati sodir etishgani va xonadondan 26 mln. 500 ming so‘m pul hamda “Samsung J-4” rusumli mobil apparati olib ketilgani haqida xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma'lumotida aytilishicha, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi (Bosqinchilik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Zudlik bilan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu bosqinchilik jinoyatini sodir etgan 1994 yilda tug‘ilgan F.F. va 1993 yilda tug‘ilgan A.Sh. va jinoyat sodir etish uchun qulay sharoit va boshqa ma'lumotlar haqida xabar berib turgan, xonadon egasi bilan birga ishlovchi 1994 yilda tug‘ilgan E.F.lar qo‘lga olingan.
Gumon qilinuvchilarning yashash uylari tekshirilganda, ularning uylarida saqlanayotgan pullar, ikkita mobil apparati va jinoyat sodir etishda foydalaniladigan buyumlar daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olingan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
16:20 / 05.06.2024
19 yoshida 18 yillik qamoq – Qoraqalpog‘istonda bosqinchilik va qotillik qilgan yigitga hukm o‘qildi
18:33 / 27.04.2024
Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi
11:54 / 30.03.2024
Toshkent viloyatida bosqinchilik va odam o‘g‘irlashni rejalashtirgan jinoiy guruh ushlandi
10:16 / 27.01.2024