Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda 11 yil avval sodir etilgan jinoyat fosh etildi
Jinoyatni sodir etganlikda gumonlangan shaxsning biri ushlangan, ikkinchisiga qidiruv e’lon qilingan.
Foto: Videodan kadr
Andijon viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 11 yil avval sodir etilgan bosqinchilik jinoyati fosh etilgan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2014 yil 21 mayda Shahrixon tumani Bayroq mahallasida ikki nafar niqob kiygan shaxs pichoq va ov quroli bilan qurollanib fuqarolardan birining yashash xonadoniga bostirib kirgan.
Ular xonadon egasi va uning oila a’zolariga hujum qilib, ulardan pul talab qilgan. So‘ng agar huquqni himoya qilish organlariga murojaat qilsa o‘ldirib ketishini aytib uydan chiqib ketgan va yashiringan.
Qariyb 11 yildan so‘ng ushbu jinoyatni 1990 va 1993 yilda tug‘ilgan ikki shaxs sodir etgani aniqlanib, ularning biri qo‘lga olingan. Ikkinchi jinoyatchini qidirish ishlari olib borilmoqda.
Gumondor shaxsdan bosqinchilikni sodir etishda foydalanilgan ov miltig‘i daliliy ashyo sifatida olingan.
Mavzuga oid
09:20 / 03.03.2026
819 mln so‘mlik oltinni chegaradan yashirincha olib o‘tishga uringanlar ushlandi
13:24 / 28.02.2026
Yotoqxona uyidan kvartira “olib berish” va’dasi: tezkor tadbir natijasi
13:51 / 26.02.2026
Andijonda 9 yoshli bola yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida vafot etdi
09:58 / 12.02.2026