Tadbirkorlar 1 oktabr sanasini özgaça hayajon bilan kutişayotgandi, desam mubolağa emas. Bojxona stavkalaridagi özgarişlar, ba'zi imtiyozlarning yöqolişi, şuningdek, importyorlarning umumiy tovar aylanmasidan qat'i nazar, QQS tölaşga ötkazilişi va boşqa özgarişlar yaşab yurgan hayotimizda trend yaratmasa-da, biznes olami uçun katta voqeliklar hisoblanadi. Barça hisob kitobga şönğigan, kimdir öşa kungaça imkon qadar «işlab oliş»ni niyat qilsa, boşqasi, aksinça, ana endi hammasi adolatli bölişini, sof raqobatni kutmoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan yana bir qarorning imzolanişi, ya'ni, QQS stavkasi 20 foizdan 15 foizga tuşirilişi esa vaziyatni yanada qalqitdi. Bu biznes uçun, öz navbatida, iste'molçilar uçun ham juda yaxşi xabar, ideal şaroitda, nazariy tarafdan, yaratilayotgan har bir mahsulot xarajatlarining 5 foizga tuşayotganini bildiradi.
Alixöja, Xöjaali?
Bu hammasi emas. 2020 yil 1 yanvardan «Foyda soliği» stavkasi 12 foizdan 15 foizga oşirilişi ham ma'lum böldi. Şundan söng, ba'zilar tomonidan skeptik qaraşlar paydo böldi, ya'ni QQSdagi yengillik foyda soliği orqali muvozanatga kelib qolişi mumkinligi haqida fikrlar aytila boşlandi. Xöş, bu özgarişlar aslida tadbirkorlardagi soliq yukini pasaytirmaydimi? Davlat şunçaki, pullarni u çöntakdan bu çöntakka olyapti xolosmi aslida?
Yöq albatta, unday emas. Nazariy tomondan sodda tilda tuşuntiramiz. Bir korxona xomaşyo sotib olib, unga öz qiymatini qöşadi. Bu qöşilgan qiymat tarkibida iş haqi, amortizatsiya, turli tölovlar va korxonaning ustama foydasi kiradi. QQS mana şu qöşilgan qiymatdan hisoblanadi. QQS 20 foizdan 15 foizga tuşirildi. Foyda soliği esa, korxonaning ustama foydasidan hisoblanadi. Ya'ni körinib turibdiki, QQS bazasi Foyda soliği bazasidan kattaroq. Çunki Foyda soliği bazasiga iş haqi, amortizatsiya yoki boşqa tölov xarajatlari kirmagan.
Tabiiyki, «QQS soliği» bazasi har doim «Foyda soliği» bazasidan yuqori böladi, demak QQS tuşişi evaziga, teng miqdorda foyda soliği oşişi yakunda tölanayotgan soliqlar kamayişiga olib keladi. Bu oddiy arifmetika. Buning ustiga, QQS 5 foizga tuşirilmoqda, Foyda soliği esa, 3 foizga oşmoqda. Töğri, bu özgariş har xil biznes sub'yektlariga har xil ta'sir qilişi turgan gap, kim uçundir köp, kim uçundir kam, ammo şu narsa aniqki – ularning har biri avvalgiga nisbatan kamroq soliq tölaydi.
Keling, buni amaliy tomondan körib çiqamiz. Xarajatlarining tarkibi turliça bölgan korxonalar misolida, 2019 yil va 2020 yillarni soliştiramiz.
Birinçi namuna. Oddiy işlab çiqariş yoki savdo korxonasi. Örnak sodda va tuşunarli böliş uçun xarajatlar tarkibini kamaytirib oldik. Mohiyatan heç narsa özgarmaydi. Xomaşyo xarajati deganda, QQS bilan qabul qilinadigan turli moddiy xarajatlarni tuşunişingiz mumkin. Şuning uçun, 5-qatordagi «hisobga olinadigan QQS» öşa summadan hisoblanyapti.










