Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-York: O‘zbekistonda yoshlar salohiyatini mustahkamlashda BMT ko‘magi to‘g‘risida kelishuvga erishildi
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Senat raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Nyu-York shahriga tashrifi doirasida BMT bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha maxsus elchisi Jayatma Vikramanayake bilan uchrashdi.
Tomonlar yoshlar bandligini ta'minlash, ularni mustaqil hayotga tayyorlash masalalari, yoshlar, ayniqsa, jismoniy imkoniyatlari cheklangan yoshlar iste'dodini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratish chora-tadbirlarini muhokama etdi.
Shu bilan birga, delegatsiya a'zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan yoshlarni ma'naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va xotin-qizlar bandligini oshirish maqsadida ilgari surilgan beshta muhim tashabbusi haqida ma'lumot berdi.
BMT bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha maxsus elchisi Jayatma Vikramanayake mamlakatimiz rahbarining ushbu tashabbuslari BMTning Yoshlar strategiyasi maqsadlariga to‘liq mos kelishini qayd etdi.
Muhokama yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus nuqtai nazaridan yoshlar salohiyatini mustahkamlash va imkoniyatlarini kengaytirishda BMT ko‘magi to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid
09:45 / 08.04.2026
Rossiya va Xitoy Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha BMT rezolyutsiyasini to‘sdi
22:12 / 17.03.2026
BMT Erondagi urush tufayli dunyoda rekord darajadagi ocharchilik haqida ogohlantirdi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
21:19 / 12.03.2026