Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Saudiya Arabistoniga 200 harbiy va Patriot raketalari batareyasini tashlaydi
AQSh harbiy qo‘mondonligi Saudiya Arabistoniga havodan tahdidlarga qarshi qo‘shimcha kuch sifatida 200 ga yaqin harbiyni tashlamoqchi. Bu haqda Pentagonda ma'lum qilindi.
Bundan tashqari, Saudiya Arabistoniga Patriot raketalari batareyasi va 4 ta radar yetkaziladi.
14 sentyabrda Saudiya Arabistonining Saudi Aramco neft kompaniyasi obektlari dronlar hujumiga uchragandi. Buning oqibatida 2 ta neft obektida yong‘in chiqqandi.
Shu voqeadan keyin Pentagon rahbari Mark Esper AQSh prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharqqa qo‘shimcha kuchlarni jo‘natishni ma'qullaganini ma'lum qilgandi.