Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda «Joker» filmi ekranlarda namoyish etiladigan kuni kinoteatrlar qattiq qo‘riqlanishi ma'lum qilindi
Los-Anjyeles politsiyasi «Joker» dramasi ekranlarda namoyish etiladigan 4 oktabr kuni kinoteatrlar qo‘riqlanishini ma'lum qildi. Bu haqda The Sun xabar berdi.
Politsiyaning bildirishicha, Los-Anjyeles politsiyasi ofitserlari kinoteatrlar yaqinida qo‘riqchilik qiladi.
Ko‘pchilik 2012 yilda Orora shahrida (Kolorado shtati) sodir bo‘lgan hodisani eslaganidan so‘ng mazkur film namoyishi aksariyat tomoshabinlarda xavotir uyg‘otdi.
O‘shanda Jyeyms Xolms ismli shaxs «Qora ritsar: afsonaning tug‘ilishi» filmi namoyishiga kelgan tomoshabinlarni o‘qqa tutgandi.
Natijada 70 kishi yaralangan va 12 kishi halok bo‘lgan. Xolms bir umrga ozodlikdan mahrum qilingan.