O‘zbekistonda tibbiyot xodimlariga nisbatan tajovuz uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin
Tibbiyot xodimlariga nisbatan sodir etiladigan tajovuzlarga nisbatan yuridik javobgarlikni yanada kuchaytirish maqsadida maxsus qonun loyihasi tayyorlanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati deputat Shuhrat Yoqubov fikriga asoslanib xabar berdi.
Shuhrat Yoqubovning tibbiyot tizimi xodimlari «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining asosiy elektorati hisoblanishini, ularning huquq va manfaatlarini himoyalashga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish, Qonunchilik palatasidagi «Adolat» partiyasi fraksiyasining asosiy ustuvor vazifalaridan biriligini ta'kidlagan.
«Afsuski, so‘nggi vaqtlarda bemorlar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan tibbiyot xodimlariga nisbatan g‘ayriqonuniy ravishda tajovuz qilinishi, ayrim vaziyatlarda hech qanday aybi bo‘lmasa-da, bemorning o‘limi yoki sog‘lig‘i holati yomonlashishida hech bir sababsiz shifokorni ayblash va unga tajovuz qilish holatlari ko‘payib bormoqda.
Xususan, Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma'lumotlarga ko‘ra, birgina 2018 yil davomida 400ga yaqin huquqbuzarlik sodir etilgan. Bu raqamlar tibbiyot xodimlarini tajovuzlardan huquqiy muhofaza etish choralarini yanada kuchaytirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi «Adolat» SDP fraksiyasining bir guruh deputatlari tomonidan tibbiyot xodimlarining huquqiy muhofazasini, ularga nisbatan sodir etiladigan tajovuzlarga yuridik javobgarlikni yanada kuchaytirish maqsadida maxsus qonun loyihasi tayyorlanmoqda.
Hozirda Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi 1984-modda kiritish taklif etilmoqda. Moddaning nomi «Tibbiyot xodimining kasbiy majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilish yoki uning hayoti yoxud sog‘lig‘iga tajovuz qilish» tahririda belgilangan. Ushbu nom huquqbuzarlik mazmunini aks ettirgani uchun uning dispozitsiyasini — «Tibbiyot xodimining kasbiy majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik, unga faol qarshilik ko‘rsatish, uyatli so‘zlar bilan so‘kish, haqorat qilish, urish, do‘pposlash, qiynash yoki uning hayoti yoxud sog‘lig‘iga tajovuz qiluvchi harakatlarni sodir etish» tahririda bayon etish orqali tajovuz harakatlari kengroq yoritilmoqda.
Moddaning sanksiyasi, ya'ni jazo belgilangan qismi quyidagicha bayon etilgan: «eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi».
Bu normaning qonunga kiritilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarni javobgarlikka tortish emas, balki shunday noqonuniy harakatlar uchun jazo chorasi borligini eslatishdir. Eng ustuvor maqsad esa salbiy holatlarning profilaktikasidir. Bunday chorani qonunga kiritish, uni keng targ‘ib etish orqali qonunning tarbiyaviy ahamiyati ortadi», deydi Shuhrat Yoqubov.
Mavzuga oid
11:45 / 06.12.2024
Lordan stomatologga: tish davolatishga kelgan bemor shifokor shilqimligiga uchradi
19:11 / 05.12.2024
“Bitta brigada kuniga 25 tagacha chaqiriqqa chiqyapti” - Tez yordam qishda qanday ishlayapti?
18:33 / 29.11.2024
Bloger Farhod Mannopovning vafotida ikki shifokor aybli deb topildi
18:33 / 26.11.2024