Bugun, 29 noyabr kuni jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudida bloger Farhod Mannopovning ölimi bilan boğliq jinoyat işi yuzasidan sud hukmi öqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Hukm ikki nafar ayblanuvçiga taalluqli:
- A.X. – erkak, 1981 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan, “Omad Plyus” MÇJga qaraşli “Star Med Center” xususiy klinikasida otolaringolog vazifasida işlagan, munosib xulq-atvorda böliş haqida tilxat tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan;
- J.Q. – erkak, 1979 yilda Buxoro viloyatida tuğilgan, “Omad Plyus” MÇJga qaraşli “Star Med Center” xususiy klinikasida anesteziolog-reanimatolog vazifasida işlagan, uy qamoği tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Sud A.X. va J.Q.ni Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldiriş) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybsiz deb topib, ayblovning bu qismi yuzasidan sudlanuvçilarni oqladi.
Şu bilan birga, A.X. va J.Q. Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 2 yil tibbiyot sohasida tegişliligi böyiça LOR va anesteziolog-reanimatolog vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qilib, 5 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.
J.Q.ga Jinoyat kodeksining 62-moddasi (uşlab turiş, qamoqqa oliş yoki uy qamoği vaqtini hisobga oliş qoidalari) tartibida ötaş uçun 2 yil tibbiyot sohasida anesteziolog-reanimatolog şifokor vazifasida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil 6 oy 27 kun muddatga ozodlikni çeklaş jazosi qoldirilişi belgilandi.
Birinçi instansiya sudining hukmi ustidan qonunda belgilangan tartib va muddatda şikoyat va protest kiritilişi mumkin.
- “Mittivine” taxallusi bilan tanilgan bloger Farhod Mannopov 2023 yil 5 mart kuni, 27 yoşida vafot etgan edi. U basseynda suzayotib boşi va burnidan jarohat olgan, şu sabab burnini operatsiya qildiriş maqsadida Toşkentdagi “Star Med Center” xususiy klinikasiga murojaat qilgan, ammo operatsiya jarayonida koma holatiga tuşib, öziga kelmagan.

















