Toşkent viloyatida bemor şifokor şilqimligiga uçradi. Kun.uz mazkur iş doirasida çiqarilgan sud qarori bilan tanişdi.
Sud qarorida keltirilişiça, 1 dekabr kuni soat 14:30 larda Toşkent viloyati Yangiyöl şahrining Fayzli mahallasidagi stomatologiya klinikasida A.I. tişini davolatiş uçun kelgan mijoz G.E.ga (ayol kişi) şahvoniy şilqimlik qilgan. U ayolning qölidan uşlab, soçlarini silagan hamda nomaqbul sözlar aytgan.
Sud majlisida A.I. aybiga qisman iqror bölib, huquqbuzarlik faktini tan olgan. Ayol esa huquqbuzarga nisbatan qonuniy jazo berişni söragan.
Jinoyat işlari böyiça Yangiyöl şahar sudining 5 dekabrdagi qarori bilan A.I. MJtKning 41-1-moddasi (Şahvoniy şilqimlik qiliş) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Oldinroq Toşkent şahridagi “PLAN BABY” xususiy klinikasida lor şifokori muolaja paytida ayol mijozini öpib olgani uçun jazolangandi.











