Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NBC: Baydenning o‘g‘li 2013 yilda Xitoyda investitsiya fondi tashkil etgan
Foto: REUTERS
AQSh sobiq vitse-prezidentining o‘g‘li Xanter Bayden 2013 yil noyabrda otasining Xitoyga rasmiy tashrifida u bilan birga borgan va xitoylik banki Jonatan Li bilan bu mamlakatda xususiy investitsiya fondini tashkil qilgan. Bu haqda NBC telekompaniyasi xabar berdi.
Xanter Baydenning vakili Jon Mezayresning aytishicha, Xanter mazkur fondning 420 ming dollarlik ulushiga ega bo‘lgan.
NBC telekompaniyasining bildirishicha, AQSh vitse-prezidenti nima uchun Xitoyga o‘g‘lini prezident samolyotida olib borgani va o‘z lavozim majburiyatlari bilan o‘g‘lining biznesi o‘rtasiga chegara qo‘ymagani borasida savollar paydo bo‘lmoqda.
AQSh prezidenti Donald Trampning advokati Rudolf Juliani o‘tgan haftada Xanter Baydenni Ukraina va Xitoydan noqonuniy ravishda mablag‘ olganlikda ayblagandi. Julianining ma'lumotiga ko‘ra, kichik Bayden Ukrainadan 3 mln va Xitoydan 1,5 mlrd dollar pul olgan.
Mavzuga oid
11:13
AQShda federal qatl jazosi otib o‘ldirish orqali qayta tiklanmoqda
10:28
AQSh Rossiya va Eron neftiga berilgan vaqtinchalik yengillikni bekor qilmoqchi
09:49 / 24.04.2026
Maduroning ag‘darilishidan 400 ming dollar ishlab olgan AQSh Maxsus kuchlari harbiysi qo‘lga olindi
08:50 / 24.04.2026