Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘allaorol tumanida zamonaviy tibbiyot klasteri tashkil etiladi
Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida zamonaviy tibbiyot klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jizzax viloyati hokimligining:
G‘allaorol tumanida zamonaviy tibbiyot klasterini tashkil qilish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish taklifiga rozilik berildi.
Hujjatga muvofiq, loyihaning amalga oshirilishi uchun mas'ul bo‘lgan “Medical care cluster” mas'uliyati cheklangan jamiyati tashkil etiladi.
Jizzax viloyati hokimligi “Medical care cluster” MChJga loyihani amalga oshirish uchun doimiy egalik qilish va foydalanish, shu jumladan bino va inshootlar, klinikalar, shifoxonalar, ta'lim kampuslari va boshqa obektlar qurish huquqi bilan Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida joylashgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan umumiy maydoni 10 gektar yer uchastkasi bir oy muddatda ajratilishini ta'minlaydi.
Quyidagilarga, istisno tariqasida:
a) “Medical care cluster” MChJga:
loyihani amalga oshirish doirasida tender savdolari va tanlovlari o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida loyiha va pudrat tashkilotlarini belgilash;
ishga qabul qilingan malakali xorijiy mutaxassislar uchun ish haqi va boshqa to‘lovlar miqdorlarini belgilash;
b) loyihani amalga oshirish doirasida “Medical care cluster” MChJ tomonidan jalb qilinadigan pudrat va subpudrat tashkilotlariga:
tasdiqlangan texnik topshiriqlarga muvofiq klinikalar, shifoxonalar va ta'lim kampuslarini;
tibbiyot klasterining bino va inshootlarini, boshqa obektlarini qurilish sohasida tegishli litsenziya va (yoki) ruxsatnoma olmasdan, pudrat va loyiha tashkilotlari o‘rtasida konsorsium tashkil etish orqali hamda konsorsium ishtirokchilariga loyihaning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun birgalikda javobgarlik yuklash sharti bilan “fast-track” uslubida, “tayyor holda topshirish” shartlarida qurishga ruxsat beriladi.
2022 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatga:
a) “Medical care cluster” MChJ va loyihani amalga oshirish doirasida MChJ tomonidan jalb etiladigan pudrat tashkilotlari:
yuridik shaxslar daromad solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘ini;
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, tibbiyot klasterini qurish, jihozlash va faoliyatini ta'minlash uchun mo‘ljallangan materiallar, xomashyo, uskunalar, texnologik hujjatlar, alohida maxsus qurilish materiallari, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarni belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kirishda bojxona to‘lovlari (bojxona yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan;
b) loyiha ishtirokchilari tibbiyot klasteri faoliyatini tashkil qilish uchun, xususan, tibbiyot xodimi sifatida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lashdan ozod etildi.