Moliya vazirligida Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK), Jahon banki guruhi a'zosi, Sirdaryo viloyatida quvvati 1300 megavattga teng buğ va gazda işlaydigan elektr qurilmasini barpo qiliş, davlat-xususiy şerikçilik (DXŞ) asosida tenderi va strukturasi böyiça Özbekistonga konsultativ maslahatlar beriş yuzasidan kelişuvni imzolandi.
Ta'kidlanganidek, mazkur davlat va xususiy sektor şerikçiligining muvaffaqiyatli amalga oşirilişi elektr energiyasi ta'minoti barqarorligini yaxşilaydi va tabiiy gazdan yanada unumliroq foydalaniş imkoniyatini beradi.
Vositaçi-maslahatçi sifatida, XMK Özbekistonga loyihani yaratiş va davlat va xususiy sektorlar örtasida xavf-xatarlarni tegişliça taqsimlaş uçun yetakçi xususiy investorlarni jalb qiladigan davlat va xususiy sektorlar şerikçiligini işlab çiqişda kömaklaşadi. Hukumat loyiha uçun investorni eng ilğor amallarga rioya qilgan holda ötkaziladigan raqobatga asoslangan tanlov jarayoni orqali tanlab oladi.
Mazkur davlat va xususiy sektorlar şerikçiligi Özbekistonning eskirib borayotgan elektr energiyasini işlab çiqariş infratuzilmasini modernizatsiya qiliş hamda aholi va korxonalarni elektr energiyasining barqaror ta'minoti bilan ta'minlaş uçun işlab çiqilgan. Bu, Jahon banki guruhining hisob-kitoblari böyiça, 2030 yilga kelib elektr energiyasiga bölgan talabi 50 foizgaça oşadigan Özbekiston uçun muhim omil hisoblanadi.
Bu loyiha Xalqaro moliya korporatsiyasining Özbekistonning elektr energiyasini işlab çiqariş sektoridagi xususiy sektor investitsiyalarini qöllab-quvvatlaş böyiça sa'y-harakatlarining bir qismi hisoblanadi.
«Köpgina rivojlanayotgan mamlakatlar kabi Özbekistonning öta zarur infratuzilma loyihalariga sarflaşi mumkin bölgan mablağlari çeklangan», - dedi XMKning Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy direktori Vibke Şlyomer.
«Xususiy sektor kapitali va tajribasini tatbiq qiliş orqali mamlakat yirik infratuzilma loyihalarini rivojlantirişni rağbatlantirişi va şu sababli biznes muhiti va aholining turmuş sifatini yaxşilaşi mumkin».
Bugungi kunda XMKning Özbekistondagi investitsion portfeli 58 mln AQŞ dollariga teng. Investitsiyalarning asosiy qismi moliya sektori va töqimaçilik sohasiga yönaltirilgan. XMK maslahat xizmatlari oltita loyiha doirasida körsatiladi. Mazkur loyihalar davlat korxonalarini, jumladan ikkita davlat bankini xususiylaştiriş, paxta işlab çiqariş sektorini isloh qiliş, moliyaviy bozorni rivojlantiriş va diversifikatsiyalaş, hamda kimyo sanoatida elektr energiyasidan samarali foydalanişni yaxşilaşga kömaklaşiş va muqobil energiyalari manbalari va soğliqni saqlaş sohalarida DXŞ bitimlarini tajriba tariqasida amalga oşirişda mamlakatga kömak körsatişga qaratilgan.













