O‘zbekiston | 16:14 / 04.10.2019
13840
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?

Foto: KUN.UZ

Bugun O‘zbekistonning janubi-sharqiy qismi Turkmaniston hududlari ustida shakllangan balandlikdagi siklon bilan bog‘liq nam havo oqimlari ta'sirida bo‘ladi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Qayd etilishicha, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyati hamda Surxondaryo viloyatida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, Samarqand viloyatida kechga borib kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Ayrim joylarda shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi. Kunduzgi havo harorati 22-27 darajani tashkil qiladi. 

Bugun tunda va shanba kuni nam havo oqimi respublikaning markaziy qismiga harakat qiladi, shu sababli Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va respublikaning tog‘li hududlari bo‘yicha ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 8-13 daraja atrofida bo‘ladi, kunduzi 2 darajaga bir oz pasayib, 20-25 darajani tashkil qiladi. Bu me'yorga yaqin ko‘rsatkichdir.

Yakshanba kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat ayrim tog‘li hududlarda ob-havo o‘zgarib turadi. Havo asta-sekin isiy boshlaydi.

Mavzuga oid