Sodiq Safoyev: «Matviyenkoning tashrifi har ikki davlat o‘rtasida parlament diplomatiyasi faollashayotganini ko‘rsatadi»

Bugun, 4 oktabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenkoning 1-3 oktabr kunlari O‘zbekistonga bo‘lib o‘tgan rasmiy tashrifi yakunlari xususida ma'lumot berildi.
Sodiq Safoyev mazkur tashrifning har ikki davlat uchun qanday siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgani borasidagi xulosalarini quyidagicha ifodaladi.
«Valentina Matviyenkoning O‘zbekistonga tashrifi ikki tomon uchun ham muhim strategik ahamiyatga ega. Bu tashrif ikki davlatda ham parlamentlarning roli ortib borayotganligini ko‘rsatadi. O‘zbekistonda ham, Rossiyada ham parlament diplomatiyasi tobora faollashib bormoqda.
Parlament davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda muhim resurs hisoblanadi. Hukumatlararo munosabatlar torayib, qisqarib borgani holda, xalq vakillarining aloqalari mustahkamlanyotganini ko‘rish mumkin. Bu juda muhim va kerak.
2019 yilning o‘zida ikki davlat o‘rtasida 30ta o‘zaro mintaqaviy tashriflar amalga oshirildi. Uzoq yillar davomida kam ahamiyat berilgan mintaqalar munosabatlari ham yaxshilanayotganini ko‘rish mumkin. Hozirda Rossiyaning 70dan ziyod sub'yekti O‘zbekiston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani yo‘lga qo‘ygan», dedi Safoyev.
Ta'kidlanishicha, O‘zbekiston va Rossiya hamkorligida boshqa sohalar qatori ziyorat turizmi ham tobora kengroq o‘ringa ega bo‘la boryapti.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

18:50 / 07.04.2025
Saida Mirziyoyeva Rossiya Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashdi

18:30 / 07.04.2025
Shavkat Mirziyoyev 20 ga yaqin mamlakat parlamentlari delegatsiyalarini qabul qildi

16:39 / 02.12.2024
“Tashqi siyosat konsepsiyasi yopiq bo‘lishi mumkin emas” - Sodiq Safoyev

13:56 / 19.11.2024