Özbekiston prezidenti yordamçisi Saida Mirziyoyeva Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasi doirasida Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengaşi raisi Valentina Matviyenko bilan uçraşdi. Bu haqda u özining Telegramʼdagi kanalida yozib qoldirdi.

«Samimiy va oçiq muloqotdan xursand böldim. Döstlik va hamkorlik haqida gaplaşiş doimo mamnuniyat bağişlaydi. Özbekistonga xuş kelibsiz!» — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Avvalroq prezident Şavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoq Assambleyasida Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Valentina Matviyenkoni qabul qilgani töğrisida xabar berilgandi. Uçraşuvda Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalari körib çiqilgan.