Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining O‘zbekistondagi loyihalar portfeli kengaytiriladi
O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Yaponiyaga tashrifi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan va axborot texnologiyalari sohasida hayotga tatbiq etilayotgan loyihalarning istiqbollari muhokama qilindi.

Yaponiya xalqaro hamkorlik banki rahbarlari bilan Yaponiya hukumati va investorlarining mablag‘larini jalb qilgan holda, axborot texnologiyalari sohasiga va boshqa sohalar bo‘yicha yirik loyihalarda ishtirok etish orqali, O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish borasidagi takliflar muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, o‘zaro amalga oshirilayotgan loyihalarning holati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar muhokama qilindi va Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining O‘zbekistondagi loyihalar portfelini yanada kengaytirish yo‘llari ishlab chiqildi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026