Niderlandiya özining 1 million gektar yerida dehqonçilik qilib, 102 milliard dollarlik qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksport qiladi. Özbekistonda esa 4 million gektarga yaqin dehqonçilik qilsa böladigan yerlar bor va bu yerlarning katta qismida paxta yetiştirilib, paxta va töqimaçilik mahsulotlaridan yiliga 2 milliard dollar atrofida daromad qilinadi...

Aytaylik, kimdir 1 gektar yerda biror mahsulot yetiştirib, uni eksport qiliş orqali 10 ming dollargaça foyda qila oladi. Siz esa buning örniga 2 ming dollar keltiradigan mahsulot ekişingiz mumkin.

Bunday holat yerdan noratsional foydalaniş deyiladi. Zero, siz özingizni va mamlakatingizni oz emas-köp emas – 8 ming dollardan mosuvo qildingiz.

Agrar soha buyruqli – davlat rejasiga muvofiq yuritilsa şunday böladi. Özbekistonda millionlab gektar yerlar hozirda aynan şunday tartibda istifoda etilyapti.

Sobiq ittifoq davrida qişloq xöjaligi sohasi öziga xos tarzda – reja asosida yuritilgan edi, çunki bozor iqtisodiyoti instituti mafkura darajasida rad etilgan edi. Barça işlar davlat nazorati ostida yuritilar, nazoratga katta kuç va mablağ sarf qilinardi. Işlar şaxsiy manfaatdorlik yölida uriniş va izlanişga emas, balki köproq jamoaviy entuziazmga – iştiyoqqa suyanar edi. Entuziazm esa yildan yilga sönib boraverdi, nazorat qiliş qiyinlaşib boraverdi, ommaviy mulkni talon-toroj qiliş, narsalarni xor qiliş holatlari köpaygandan köpaydi. Zero, mulkning aniq egasi yöq edi. Ittifoq borgan sayin egasiz narsalar mamlakatiga aylanib boraverdi va şu bois, oxir-oqibat tanazzulga yuz tutdi.    

Özbekiston mustaqil bölganidan keyin ham afsuski qişloq xöjaligi sohasida bozor munosabatlari qaror topmadi. Eski tizim sarqiti – davlat tomonidan dehqon yelkasiga reja yuklaş amaliyoti davom etdi. Qişloq xöjaligini va umuman, har qanday sohani rivojlantirişning asosiy omili bölmiş – moddiy manfaatdorlik darajasi öta past holda qoldi. Natijada yer qadrlanmadi, jamiyatga keltirişi mumkin bölgan foydani keltirmadi.

Buning ustiga qişloqlardagi demografik ahvol, işsizlik miqdori hisobga olinmadi. Aholisi ziç, işsizlik miqdori yuqori bölgan hududlarda kiçkina yer xöjaliklarini tuziş yölidan borilmadi. Oqibatda bunday hududlar işsizlik öçoğiga va özga – ba'zi rivojlanayotgan mamlakatlarga millionlab mehnat migrantlari yetkazib beruvçi, özga iqtisodiyotlar uçun arzon işçi kuçi yetkazib beruvçi hududlarga aylandi. Bu yoqda esa şunça yer zörma-zöraki işlatib kelindi.