O‘rganish davomida fermer xo‘jaligiga tegishli ekskavator va yuk mashinasi yordamida Qoradaryo daryosidan qum-shag‘al aralashmasi noqonuniy ravishda qazib olingani aniqlandi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, mazkur qonunbuzarlik oqibatida tabiatga 43 milliard 12 million 57 ming 536 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Hozirda qum-shag‘al qazib olingan texnikalar jarima maydoniga joylashtirilgan. Holat bo‘yicha tayyorlangan hujjatlar esa Samarqand viloyati prokuraturasiga yuborilgan.











