12:28 / 05.10.2019
0
7252

Oltiariqda elektr simlaridagi qisqa tutashuv yirik yong‘inga olib keldi

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

2019 yilning 4 oktabr kuni soat 00:23 da Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani, Muqimiy MFY, Nizomiy ko‘chasi 9-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga ikkita yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 12 daqiqada (eng yaqin yong‘in-qutqaruv qismigacha masofa 15 km) yetib borgan. 

Yong‘in soat 00:57 da o‘rab olinib, soat 01:25 da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida yashash uyining 50 kv. metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘indan uyning 70 kv. metr maydoni saqlab qolingan. 

Yong‘inning taxminiy sababi - elektr simlaridagi qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top