«Şunça taşkilot turganda ayol nega öz muammosi bilan özi qolib ketişi kerak?» – Elmira Bositxonovaning bir iş kuniga nazar
|17:24 / 05.10.201963 02011 min
Elmira BositxonovaElmira Bositxonova
Kun.uz vakillari «Rahbar bilan bir kun» loyihasi doirasida Özbekiston Boş vaziri örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi Elmira Bositxonovaning bir iş kuniga guvoh böldi.
Ma'lum bölişiça, qömita raisi iş kunini soat 8:20da boşlab, ança keç yakunlaydi.
«Bugungi kun boşlanişidan avval, keçagi iş kunimiz soat 23:30da tugaganini haqida gapirmoqçi edim. Soat 00:00da uyga keldim. Davlatimiz rahbarining talablari bu – ya'ni, xonalarda, kreslolarda ötirib harakat qiliş bugungi kunga umuman töğri kelmaydi. Bugungi kunda qilayotgan işlarimizdan samara deyarli bölmasligi yoki juda ham past bölişining yana bir muhim sababi bu – hamkorlikda işlaşni bilmaymiz.
Biz, mabodo qandaydir xatolik bölib qolsa, unga kim javob beradi, degan qörquv bilan qilingan işlardan voz keçiş holatimiz ham böladi. Yoki bölmasa, yutuq bölsa, bu faqat mening yutuğim, bunda uning iştiroki yöq deb, hamkorlarni ham pisand qilmay, özimizning yutuğimiz deyilganidan hamkorlik holatlari buzilişiga sabab bölyapti», – deydi Bositxonova.
Loyiha tasvirga olingan kun çorşanba, ya'ni qömita raisining qabul kuni emasligiga qaramay, Elmira Bositxonova murojaat bilan kelganlar borligi, ularni qabul qilişi kerakligini aytdi. Şundan söng fuqarolar murojaatlarini örganiş, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan qömita vakolati doirasida körsatmalar, hal qiliş böyiça esa yuristga topşiriqlar berildi.
9:30. Hududiy qömitalar rahbarlari bilan kundalik muloqot bölib ötdi. Bu safar Qoraqalpoğiston Respublikasi, Andijon viloyati xotin-qizlar qömitalari raislarining tizimdagi turli masalalar yuzasidan fikrlari tinglanib, ularni hal qiliş böyiça körsatmalar berildi.
Söng «Xotin-qizlar qömitasining eng namunali boşlanğiç taşkiloti» körik tanlovi respublika bosqiçi ğoliblarini taqdirlaş marosimida iştirok etiş uçun Yoşlar ittifoqi binosi tomon yöl oldik. Yöl-yölakay rais jamiyatdagi turli dolzarb masalalar yuzasidan öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
Mavzuga oid
«Bugungi kunda globalizatsiya ta'siri natijasida mahallaning mavqeyi biroz pasaydi. Mahalla-köyda yuzimni yerga qaratding, degan sözlar avval eşitilardi. Çunki mahalladagi tartiblar bilan hisoblaşiş masalalari avval yuqoriroq edi», deydi u.
Bositxonova hozirgi kunda jamiyat uçun ahamiyatli mavzuga aylangan töylardagi dabdabalar mavzusi böyiça ham öz fikrlarini bildirib ötdi.
«Hozirgi dabdabalarda oyoq ostida işqalanayotgan pullarni körganda davolanişi kerak bölgan bolalarning çehrasi közimga körinadi. Qanday qilib bunga töğri qaraş mumkin? Bu parokandalikning, qadriyatlarimiz naqadar parokanda bölayotganining belgisi. Bu pullarga qança bolaning hayotini saqlab qoliş mumkin edi. Töylardagi pul soçişlar – insoniylik tamoyillariga zid, vijdonga xiyonat», – deydi Xotin-qizlar qömitasi raisi.
10:20. Yoşlar ittifoqiga yetib keldik. Bu yerda rais «Xotin-qizlar qömitasining eng namunali boşlanğiç taşkiloti» körik-tanlovi respublika bosqiçi ğoliblarini taqdirlaş marosimini oçib berdi va boşlanğiç taşkilotlar faoliyatini töğri olib boriş töğrisidagi taqdimoti bilan çiqiş qildi.
Tadbirdan çiqqan Elmira Erkinovnadan, bolasi 2 yoşga tölgunga qadar iş joyidan haq tölanadigan ta'til berilişi, bu vaqt mobaynida unga bazaviy hisoblaş miqdorining 2 baravari miqdoridagi nafaqa (xalq tilida «bola puli») 2013 yildan buyon faqat nodavlat taşkilotlarida işlaydigan ayollarga tölanayotgani haqida fikr bildirişni söradik.
«Bu masalani rejalarga kiritganmiz. Bu – ayollarni qöllab-quvvatlaşdagi eng böş tomonimiz. Masalan, sovet davrida bu narsa aniq belgilangan edi, mustaqil bölganimizdan keyin 25-26 yil davomida davlat budjetini iqtisod qiliş ayollarga beriladigan nafaqa pullari hisobiga qisqariş böldi.
Xotin-qizlar qömitasi bu borada Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda kuni keça davra suhbati ötkazdik. Deputatlarimiz bilan ham körişdik – biz jamoat taşkiloti sifatida Oliy Majlisga öz takliflarimizni kiritamiz», – dedi u.
12:10. Elmira Bositxonova Toşkent şahri Yaşnobod tumanidagi oilaviy poliklinikada «Ayollar salomatlik markazi» işini köriş uçun bordi va skrining masalalari böyiça majlisda iştirok etdi.
«Hamkorlik masalasidagi nuqsonlarni sezdim. Bu yiğilişga har bir mahalladagi mutaxassislar kelişi kerak edi», - deya hamkorlikda işlaş böyiça yiğilganlarga öz fikrlarini bildirdi u.
Elmira Erkinovna tibbiy köriklar haqida gapira turib, şunday dedi:
«Bizda bitta katta xavf bor. Qaysi maktabda yoki öquv muassasasida tibbiy körik boşlansa, darrov hamma yerda şov-şuv bölib ketadi. Xuddi qizlar tibbiy körikdan ötkazilişi ğayritabiiy holatdek. Biz tibbiy köriklarni şu darajada ötkazişimiz kerakki, bu avvalambor tibbiy madaniyatning körsatkiçi bölişi kerak. Qonunimiz böyiça har bir fuqaro bir yilda kamida bir marta tibbiy körikdan ötişi kerak».
«Ayol pensiyaga çiqqanidan keyin eng baxtli kuni – pensiya keladigan kun»
Poliklinikadan söng yöl yöl körsatkiçimizni Toşkent viloyatining Quyi Çirçiq tumanida joylaşgan «Döstlik» MFY, Özbekiston uçastkasi dalalari tomon burdik. Yöl davomida rais Quyi Çirçiq eng oğir tumanlardan biri bölgani, Prezident tomonidan namunaviy hudud deb atalib, hozirda işlab çiqariş faoliyati yölga qöyilayotgani haqida gapirib berdi. Manzilimizda bizni tuman xotin-qizlar qömitasi raisi Kifoyat Ermuhammedova kutib oldi va tumandagi özgarişlar bilan birma-bir taniştirişni boşladi.
14:10. «Agro klaster» MÇJning Özbekiston uçastkasi hududida dalada işlayotgan ayollar bilan suhbat qurildi. Rais ularga klaster va fermer xöjaligi örtasidagi farq haqidagi savol bilan murojaat qildi. Suhbat iştirokçilaridan biri bölgan ayol fermerlik vaqtida oyiga yuz ming söm olingani, klasterda esa mehnat daftarçasi oçilgani, kelajakda pensiya olişini aytib ötdi.
«Ilohim pensiya oliş davrlariga yetkazsin. Bilasizlarmi, ayol pensiyaga çiqqanidan keyin eng baxtli kuni – pensiya keladigan kun», deya niyat bildirdi Bositxonova.
«Ayollarni himoya qiliş uçun şunça taşkilot bölganida nega ayol öz muammosi bilan özi qolib ketişi kerak?»
15:10. Dalada mehnat qilayotgan ayollar bilan bölgan suhbatdan söng «Döstlik» mahalla fuqarolar yiğiniga keldik. Mahallaning faol ayollari bilan muloqot qilindi. Suhbat davomida rais faollarga «Oiladagi muammolarga mahalla aralaşişi şartmikan?» degan savol bilan murojaat qildi va ularning bu boradagi fikrlarini bilişga qiziqdi.
Elmira Bositxonova Surxondaryoda farzandini hojatxonaga taşlab yuborgan ayolni esladi:
«Nega bunday voqea sodir böldi? Öylab köraylik. Buni yomon harakat deb aytişdan oldin qiz şu ahvolga tuşganida atrofida mehribon ayollar bölib, yeçim yöllarini topiş örniga, u yeçimni jinoyat orqali topdi. Bolani hojatxonaga taşladi. Bunda jamiyat, davlat idoralari, tibbiyot, profilaktika inspektori, Xotin-qizlar qömitasi aybdor. Ayollarni himoyalaş uçun şunça taşkilot bölganida nega ayol öz muammosi bilan öz qolib ketişi kerak?»
Mahallada bölgan yiğilişda fuqaro Dilorom Raşidova raisga iş sörab murojaat qildi. Bunga javoban fuqaroga kasbiy könikmalarni beriş, iş masalasida maslahat oliş maqsadida qömitaning bandlik masalalari böyiça mutaxassisi tumanga yuborilişi aytildi.
16:20. Mahalladagi muloqotdan söng uy-joy bilan ta'minlangan fuqaro Jadra Yermekbayevaning xonadonida böldik va uning turmuş şaroiti bilan tanişdik.
«Qömitamizning hududlardagi rahbarlari joylarda prezidentimiz bergan bu uylarni tarqatdim, iş qildim, deb hisoblaşyapti. Bu iş emas. Bu uyni biz qurmadik. Davlatimiz rahbarining harakatlari. Uyda yaşaş imkoniyatlarini yaratiş – bizni xizmatimiz», deydi Elmira Erkinovna.
16:50. «Beruniy baraka çevarlari» tikuv sexida malaka kursida öqigan 100 nafar xotin-qizlarga yaratilgan şaroitlar bilan tanişdik. Tikuv sexi yaqinida joylaşgan «Beruniy beklar poyabzallari» sexida oyoq kiyim işlab çiqariş jarayonini közdan keçirdik.
Şu bilan Quyi Çirçiq tumaniga safar poyoniga yetdi va Toşkent şahriga qaytdik.
18:30. Rais qömita binosiga qaytgaç, qömita delegatsiyasining Sankt-Peterburg şahriga taşrifiga bağişlangan yiğilişda iştirok etdi. Xorijdagi vatandoşlar bilan işlaş böyiça körsatmalar berdi.
Kabinetiga qaytgaç, Elmira Bositxonova bizga yuzlandi:
«Ayollarimiz markazdan kelgan rahbarga özining dardi bilan çiqiş masalasi ham bor. Mana, Quyi Çirçiqda mahallada uçraşganimizda bir ayol özining bandligi masalasi böyiça murojaat qildi. Fabrika oldida ham tört nafar ayol muammolari bilan murojaat qildi. Şu xulosaga keldimki, ertaga u yerga ham bandlik masalalari, ham huquqiy masalalar böyiça mutaxassislarimizni yuboraman. U ana şu ayollarning muammosini örganib, yeçim yöllari topiş böyiça menga taklif bilan kirişi va bu takliflarning yeçim yöllarini topiş böyiça davomiy işlar amalga oşirilişi kerak.
Barça yönaliş – ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş, ularning bandligini ta'minlaş, ehtiyojmand ayollarni qöllab-quvvatlaş va ularga yordam beriş, oilani qöllab-quvvatlaş, qizlar tarbiyasi böyiça qilinadigan hamma işimiz böyiça yil yakunigaça rejalarimiz bor. Qadam-baqadam ijro mexanizmlarini şakllantiriş va uning aniq ijrosini amalga oşiriş bölsa, bu kabinetda ötirib, qandaydir qoğozlarni, dasturlarni şakllantirib, uni imzolaş va çekka hududlarga yuboriş bilan heç qanday iş amalga oşmasligini davlatimiz rahbari bizga ham aytdilar. Biz ham buni özimizning tajribamizda kördik. Ijro mexanizmlarini aniq amalga oşiriş bilan natijaga erişamiz».
Suhbatimiz davomida Xotin-qizlar qömitasi raisi nikoh şartnomasi, oiladagi ajraliş jarayonlarida ayollarning huquqlari, töylardagi dabdabalar, öquv muassasalarida tibbiy köriklarni taşkil etiş, himoya orderi kabi masalalar borasidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi.
Suhbatni yakunlab, Elmira Erkinovna bilan xayrlaşdik. U hali işlari borligini aytib, kabinetida qoldi.