Soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatov forumda sözga çiqib, şahar va tuman şifoxonalariga yetişmayotgan tibbiyot uskunalari haqida gapirdi, şuningdek, investor va tadbirkorlarga qator loyihalarni taklif qildi.

«170 ta tuman va şahar tibbiyot birlaşmalarining laboratoriya xizmatini autsorsingga berişga tayyormiz. Bugungi kunda viloyat va tuman darajasidagi şifoxonalar uçun 15 ta MRT va 200 dan ortiq MCKT uskunalariga ehtiyojimiz bor. Kasalxonalarda bugun heç qanday byurokratik tösiqlarsiz ijara şartnoma asosida tadbirkorlar tomonidan şu uskunalar qöyilsa, biz kafolatlangan xizmatni sotib olişga tayyormiz.

Şuningdek, respublika böyiça 14 ta tuğuruq komplekslari bino va inşootlari yer maydonlari bilan birgalikda «0» qiymatida investorga, işonçli boşqaruvga beriladi. Joriy yil 11 ta hududning gemodializ xizmatini davlat-xususiy şeriklik asosida tadbirkorlarga taqdim etamiz. Davlat-xususiy şeriklik asosida respublikaning har bir hududida 1000-1500 örinli köp tarmoqli şifoxonalar barpo etişga tayyormiz», – dedi vazir.

Amrillo Inoyatov mahalliy va xorijlik tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş doirasida tibbiyot taşkilotlariga berilgan soliq va bojxona imtiyozlarini saqlab qoliş va uzaytiriş, tibbiyotda faoliyat olib boruvçi tadbirkorlar huquqlarini himoya qiliş çoralari körilişini ta’kidladi.

Bundan taşqari, vazir litsenziyalaş jarayoni şaffofligi ta’minlanişi, tibbiy turizm bilan boğliq munosabatlar huquqiy tartibga solinib, sohada faoliyat yuritişning standartlari, yagona tizimi, tartibi va mexanizmlari işlab çiqilişini qayd etdi.

Şuningdek, u davolaniş uçun xorijga boruvçi yoki Özbekistonga keluvçi fuqarolar huquqlarini himoya qiliş va sifatli tibbiy xizmat olişlarida doimiy hamrohlik qiliş yölga qöyilişini, körsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va bemorlar xavfsizligini ta’minlaş maqsadida 2025 yilgaça barça tibbiyot taşkilotlarini akkreditatsiyalaş tizimi töliq joriy etilişini aytdi.