Ijtimoiy tarmoqlarda cog‘liqni saqlaş vaziriga yuborilgan xat uning örinbosari tomonidan töxtatib qolingani aytilgan xabar tarqaldi.

Xatda 2021 yilning 17 may kuni Toşkent viloyati köp tarmoqli şifoxonasida 23 yoşli homilador ayol vafot etgani, ayolning ölimiga tuğruqdan keyingi ötkir yurak va buyrak-jigar yetişmovçiligi hamda boşqa bir neçta omillar sabab bölgani aytilgan.

SSVning Onalik va bolalikni muhofaza qiliş boşqarmasi yozgan xatga vazir örinbosari Elmira Bositxonovaning imzosi bilan javob yozilgan bölib, javobda xatni vazirga kiritmaslik va boş akuşer-ginekolog hamda 2 nafar professor yordamida tanqidiy ruhda örganib, xulosa beriş lozimligi yozilgan.

Xatdagi Bositxonovaga tegişli “Vazirga kiritilmasin” jumlasi ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari e'tiborini tortmoqda. Tarmoqda xabar tarqatganlar vazir örinbosarini ayolning ölimi bilan boğliq işni “yopdi-yopdi” qilişda ayblamoqda.

Kun.uz muxbiri vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida Elmira Bositxonova bilan boğlandi. U öz izohida Toşkent viloyatidagi şifoxonada haqiqatan ham şunday holat yuz berganini aytib, uning xatga javobi notöğri talqin qilinganini bildirdi.

“Boşqarma boşliği tomonidan berilgan ma'lumotni soğliqni saqlaş vaziriga çuqur örganib, sabablar va tahlillar asosida kiritiş lozim. Masala onalar va bolalar ölimi haqida ketar ekan, yuzaki xulosalarga tayanmasdan çuqur örganiş kerak. Bu örganiş işlarini boş akuşer-ginekolog bilan birga 2 professor olib borişi kerakligi haqida topşiriq berilgan. Ölim sabablari çuqur örganilib, keyin vazirga hisobot beriş kerakligi nazarda tutilgan.

30 yillik tajribaga ega anesteziolog-reanimatolog sifatidagi dastlabki xulosam – ölim sababi körsatilmagani, barça holatga professional tekşiruv zarurligi böyiça boşqarma boşliğiga muhim topşiriq berganman. Bunda heç qanday notöğri yoki şov-şuvga sabab böladigan holat yöq.

Gödaklar va onalar ölimi bilan boğliq har bir holat bekitiladigan narsa emas. Qonunda ham, tibbiyotda ham har bir ölim holati sabablari tahlil qilinib, çora köriladi va bu keyin yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolarga yeçim bölib xizmat qiladi. Şuning uçun ham bu holni bekitiş yoki “yopdi-yopdi” qilişdan biror inson manfaatdor emas.

E'tibor berilsa, xatda “kritik” sözi alohida qayd etilgan. Bu yozuvni qayd etişdan maqsad nimanidir xaspöşlaş yoki bekitiş emas. Bunday notöğri xulosalar qiliş bu vaziyatni notöğri talqin qiliş deb öylayman”, dedi Bositxonova.