Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Elmira Bositxonova mazkur holat yuzasidan öz fikrlarini bildirib ötdi.

— Bugungi axborot asrida keng ommaga biror xabarni taqdim etiş katta mas’uliyat yuklaydi, — deydi vazir örinbosari. — Boisi birgina notöğri ma’lumot notöğri tahlillarga olib keladi. Notöğri tahlillar notöğri qarorlarni qabul qilişga sabab böladi. Soğliqni saqlaş tizimida esa notöğri qarorlar açinarli oqibatlarni yuzaga keltirişi aniq.

Ctatistik ma’lumotlarga köra, bugun dunyoda ayollarning faqat 20 foizidagina homiladorlik davri fiziologik soğlom keçadi. Ularning 30-40 foizida esa bu jarayon yondoş kasalliklar bilan birga ötadi.

17 foiz ayollarda homila asoratli keçib, 30 foizida anemiya kuzatiladi. Qolaversa, deyarli har bir homiladorlikning erta davrida bola tuşiş xavfi mavjud.

Bu raqamlarni bejiz keltirganim yöq. Sababi Özbekistonda örtaça 900 ming nafar atrofidagi ayolning 170 mingida homiladorlik payti har xil turdagi, ya’ni anemiya va yondoş kasalliklar kuzatilişi hamda homila asoratli keçişi dunyo statistikasiga mos.

Tarqalgan xabarlarda esa asoratli homiladorlik bilan boğliq raqamlar asoratli tuğilgan çaqaloqlar statistikasi sifatida notöğri talqin qilinmoqda.

Xöş, asoratli homiladorlik özi nima?

Albatta bu köpçilik öylaganidek, oğir ölim holatlariga olib keladigan narsa emas. Ya’ni homiladorlikning ilk davridagi oddiy köngil aynişi, me’yordan ortiq qayt qiliş, oyoqlardagi qon tomirlarning varikoz kengayişi, hatto, beldagi oğriqlar ham homilaning asorat bilan keçişi, degan taşxis qöyişga sabab böladi.

Şuningdek, ayollardagi kamqonlik, immunologik özgarişlar, kesarça kesişni rejalaştiriş, hatto, egizaklik ham tibbiy nuqtayi nazardan asoratli homiladorlik hisoblanadi. Qolaversa, ona qornidagi bolaning joylaşişi yoki çaqaloqning tos suyagi va yonboş bilan kelişini ham şunday deyişimizga asos böladi.

Ya’ni asoratli homiladorlik asoratli bolalar tuğilişi, degani emas va bundan vahimaga tuşişga hojat yöq.

Qolaversa, yurtimizda onalik va bolalikni muhofaza qiliş natijasida oxirgi yillar onalar ölimi kamayib, 21 promilledan 14,4 promillega tuşdi. Ayniqsa, yaratilgan şaroitlar tufayli 500 gramm vazn bilan tuğilgan va birgina hayot belgisi bölgan minglab gödaklarning yaşab qoliş imkoniyati yaratildi. Bu quvonarli, albatta.