Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alkogolga qaram bo‘lgan shaxslar uchun cheklov o‘rnatilgan ishlar ro‘yxati tasdiqlanadi
O‘zbekistonda alkogolga qaram bo‘lgan shaxslar uchun cheklov o‘rnatilgan kasbiy faoliyat turlari ro‘yxati tasdiqlanadi. Bu haqda 2019-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi narkologiya xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar dasturida aytilgan.
Qayd etilishicha, 2020 yil 1 fevralga qadar Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Mas'ul ijrochilar - Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi.
Shuningdek, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni asosida ichki ishlar organlarida narkologik bemorlarni majburiy davolash va profilaktik kuzatishni ta'minlash bo‘yicha axborot almashish va ichki ishlar organlari bilan hamkorlik qilish uchun normativ-huquqiy baza yaratiladi.
Bundan tashqari, ilg‘or xorijiy texnologiyalarni hisobga olgan holda, narkologik bemorlarga tashxis qo‘yish, ularni davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish standartlari ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.
Majburiy davolash uchun ixtisoslashgan davolash-profilaktika muassasalarida alkogolizmga, giyohvandlik yoki toksikomaniyaga yo‘liqqan shaxslarga ixtisoslashgan narkologik yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlanadi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026