Kuz-qiş mavsumi kelişi bilan özbekistonliklarni bir savol öylantira boşlaydi – bu yil elektr energiyasi ta'minoti qanday böladi? Şu va boşqa savollarga Energetika vaziri örinbosari Şerzod Xodjayev Kun.uz`ga bergan intervyusida javob berib ötdi.

– Şerzod aka, energiya samaradorligi böyiça islohotlar oddiy iste'molçi uçun navbatdagi çeklovlarga aylanib ketmaydimi? Özi şundoq ham çeklovlardan hadiksiraydigan oddiy iste'molçi uçun ularning ahamiyati qanday? Oldimizda kuz-qiş mavsumi. Bu mavsumga tayyorgarlik haqida ham sözlab bersangiz.

– Örinli savol. Ming afsus, şu paytgaça biz juda köp islohotlarni çeklovlar orqali ötkazişga harakat qilganmiz. Ammo tajriba şuni körsatdiki, çeklovlar kerakli natijani bermaydi. Ular örniga undovçi mexanizmlar yaratilişi kerak va yaratilmoqda.

Biz töğri tuşuntira bilişimiz kerak, bu islohotlardan maqsad nima, ularni amalga oşirsak nimalarga erişamiz. Aynan çekka hududlarda bu islohot juda muhim. Men yuqorida bejizga aytmadim, köp joylarda isitiş tizimiga juda katta miqdorda elektr energiyasi sarflanadi. Şunday joylarda xonadonlarning faqat issiq suv va isitiş-sovutiş tizimiga sarflagan elektr energiyasi qolgan barça narsalarga sarflaganidan ham köproqni taşkil etadi. Ana şu joylarda biz elektr energiyasi samaradorligini oşirişimiz, alternativ variantlardan foydalanişimiz zarur.

Kuz-qiş mavsumiga kelsak, bu yilning ötgan yillardan farqi, juda katta loyihalar işga tuşirilyapti. Prezidentimizning mavsumga ertaroq tayyorgarlik köriş, barça çoralarni qöllaş böyiça alohida topşiriği bor. 2019 yilda hamkorlarimiz bilan juda qattiq harakat qildik. Maqsad – kuz-qiş mavsumida ta'minotni yaxşi yölga qöyiş.

Jumladan, Navoiy issiqlik elektrostansiyasida 450 megavatt, Töraqörğon elektrostansiyasida ikkita 450 megavattli energobloklar va Taxiatoş elektrostansiyasida 280 megavattli birinçi qurilmani işga tuşiriş işlari yakunlanmoqda. Raqamlarda ifoda qiladigan bölsam, kuz-qiş mavsumida keçki maksimal iste'mol vaqtida respublika böyiça energiya sarfi 10,5-11 ming megavatgaça yetib boradi. Bu yilning özida yangi qöşilayotgan quvvatlar 1,5 ming megavattni taşkil qiladi, ya'ni bizda kamida 15 foizgaça qöşimça quvvat paydo bölyapti.

Bundan taşqari, olib borilayotgan taşqi siyosat natijasida qöşni davlatlar bilan aloqalarimiz yaxşilanib bormoqda. Bu energetika sohasida ham yaxşi natija beradi – biz zarur paytda qöşnilarimizdan elektr energiyasi xarid qilamiz yoki ortiqçasini sotişimiz mumkin, ya'ni mavsumiy savdoni yölga qöyamiz.