Kuz-qiş mavsumi yaqinlaşişi bilan hammani bir savol qiynay boşlaydi – bu yil elektr energiyasi ta'minoti qanday bölarkin?.. Özbekistonliklar energetika sohasida amalga oşirilayotgan yirik loyihalarning samarasini qaçon his qiladi?

Kun.uz muxbiri şu va mavzu atrofidagi boşqa savollar bilan Energetika vaziri örinbosari Şerzod Xodjayev bilan suhbatlaşdi.

Vazirlikning xalqaro hamkorlar bilan amalga oşirayotgan loyihalari, energiya samaradorligi sohasidagi islohotlar kabilardan boşlangan suhbat, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik va atom energetikasi mavzusida davom etdi.

– 20 sentyabrda Toşkentda Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi (MOMIH)ga a'zo davlatlar energetika vazirlarining birinçi muloqoti bölib ötdi. Bu anjuman nega aynan Özbekiston poytaxtida ötkazildi, uçraşuvda qanday natijalarga erişildi va ular qanday ahamiyatga ega?

– MOMIHga a'zo davlatlarning energetika vazirlari va yetakçi mutaxassislari Toşkentda yiğilişiga sabab – bu yil taşkilotga Özbekiston raislik qilmoqda. Şundan kelib çiqib navbatdagi anjuman mezbonligi bizga berildi.

Bugungi kunda energiya samaradorligi dunyodagi eng jiddiy muammolardan biri, desam adaşmagan bölaman. MOMIHga a'zo davlatlarda ham, xoh u rivojlangan yoki rivojlanayotgan davlat bölsin, energiya masalasi kun tartibida birinçi örinlarda turadi.

Toşkent anjumanining öziga xos jihati şuki, unda şu paytgaça erişilmagan natija – maxsus deklaratsiya imzolandi. Bu deklaratsiyaning eng muhim bandi şundaki, biz, ya'ni barça a'zo davlatlar 2025 yilga qadar qayta tiklanuvçi energiya işlab çiqariş hajmini ikki barobar oşirişga kelişib oldik.

– 2025 yil? Vaqt juda oz qoldi, prognoz va rejalar juda optimistik emasmi?

– Albatta, bu borada juda köplab bahs-munozaralar böldi, öz imkoniyatlarimizni örganib çiqdik. Eng muhimi, buning uçun huquqiy asos yaratildi, sohaga kirib keluvçi xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar uçun kafolat mexanizmlari işlab çiqildi, qonunçilik bazasi yaratildi, har bir yil uçun alohida dastur tuzib olindi.

Işonçim komilki, öz zimmamizga olgan vazifalarni belgilangan muddatda va sifatli bajaramiz. Quyoş va şamol elektrostansiyalarini quriş uçun kerakli nuqtalarni belgilab olganmiz. Hozirgi kunda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida eng qulay hududlar borligi aniqlangan.