Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘m miqdorida bir martalik yordam beriladi.

Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz to‘lovlarida davlat kompensatsiyasi joriy etiladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
2025 yil 1 maydan 2027 yil 1 aprelga qadar «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi hamda Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan, shuningdek, Reyestrlarga kiritilmagan, biroq moddiy ahvoli bo‘yicha kam ta’minlangan oilalar mezonlariga to‘g‘ri keluvchi, oiladagi jon boshiga daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalarga:
- elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha – oyiga bazaviy me’yordan 150 kVt soatgacha;
- tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha – isitish mavsumida oyiga bazaviy me’yordan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda oyiga bazaviy me’yordan 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi.
Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘m miqdorida bir martalik yordam beriladi
2025/2026 yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida quyidagi oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi:
- Reyestrlarga kiritilgan oilalarga;
- «mahalla yettiligi» xulosasi asosida Reyestrlarga kiritilmagan, biroq yordamga muhtoj oilalarga.
Bunda «mahalla yettiligi» tomonidan qo‘shimcha ro‘yxat shakllantirilishida birinchi navbatda, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, a’zolari I yoki II guruh nogironi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar, nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalar, uzoq muddatli davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar yashovchi oilalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi shaxslar hamda yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, uch va undan ortiq oila yashaydigan xonadonlarda hamda gaz ta’minoti bo‘lmagan va markazlashtirilgan tartibda isitilmaydigan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar inobatga olinadi.
Qo‘shimcha ravishda shakllantiriladigan ro‘yxatdagi oilalar soni Reyestrlarga kiritilgan oilalar sonining 40 foizidan oshmasligi lozim.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi
O‘zbekiston | 09:56
-
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
O‘zbekiston | 09:24
-
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada yana oltin medal oldi
O‘zbekiston | 08:34
Mavzuga oid

10:44 / 14.05.2025
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

23:12 / 29.04.2025
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

11:36 / 29.04.2025
Ijtimoiy himoya kodeksi ishlab chiqiladi

22:04 / 23.04.2025