Markaziy Osiyoda ilmiy jurnallarni retsenziyalovchi ilk raqamli portal - Uzbekistan Research Online ishga tushirildi

2019 yil 7 oktabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tashabbusi bilan yaratilgan O‘zbekiston Respublikasi ilmiy jurnallari retsenziyadan o‘tkaziluvchi raqamli platforma – Uzbekistan Research Online`ning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur platforma universitetlarning xalqaro reytingga kirish va o‘zbek fanini keng jahon ilm olamiga tanitish imkonini beradi. Loyiha doirasida xalqaro texnik standartlarga mos keluvchi, retsenziyadan o‘tkaziluvchi yurtimiz OTMlarining ilmiy jurnallar butun dunyoning 700 dan ortiq yetakchi universitetlari tomonidan foydalaniladigan Digital Commons Network global tarmog‘iga integratsiyalashadi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Elsevier kompaniyasi (Niderlandiya) o‘rtasida tuzilgan bitimga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari tomonidan yurtimiz OTMlari ilmiy jurnallarni birlashtirgan hamda ikki marta anonim retsenziyadan o‘tkazish (double-blind peer review) konfiguratsiyasini qo‘llash imkoni mavjud bo‘lgan noyob platforma yaratildi.
Mazkur platformadan dunyoning nufuzli universitetlari foydalanadi. Xalqaro platforma O‘zbekiston ilmiy jurnallarining sifatini oshirish, o‘zbek fanining repozitoriyasini yaratish, yurtimiz olimlarining butun jahon ilmiy hamjamiyatga qo‘shilish imkonini beradi, xalqaro ilmiy ommaning o‘zbek tadqiqotlari bilan tanishishini ta'minlaydi hamda Scopus xalqaro standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan dastlabki elektron resurs sifatida tarixda qoladi.
Ilmiy jurnallar retsenziyadan o‘tkaziluvchi raqamli platformaning ishga tushirilishi oliy ta'lim muassasalari ilmiy jurnallarining SCOPUS ilmiy-texnik axborotlar bazasiga kirishidagi dastlabki sezilarli qadam hisoblanadi. Vazirlik va Elsevier kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumiga ko‘ra ilmiy jurnallar bosh muharrirlarining malakasi oshirildi, nashrlarning dizayni va logotiplari yaratildi, talab etilgan ISSN raqamlarini qayddan o‘tkazilib, iqtibos keltiriluvchi meta-ma'lumotlar formatida ilmiy maqolalar repozitoriyasi yaratildi.
Uzbekistan Research Online tashkil etilishi O‘zbekiston ilm-fanining jahonga yuz tutishida strategik muhim qadam hisoblanadi, – dedi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov. – Bu imkoniyat oliy ta'lim muassasalari ilmiy salohiyatini oshirishga hissa qo‘shadi, ilmiy jurnallarning raqobatbardoshligini ta'minlaydi, qolaversa, mahalliy olimlarni butun dunyoga ko‘rsatish imkoniyatini beradi. Ilm-fanda xalqaro integratsiya uchun sifatli maydon yaratish orqali O‘zbekiston Markaziy Osiyoning ilm-fan va ta'lim bo‘yicha xabi aylanish sari ishonchli qadam tashladi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun Germaniya taraqqiyot bankidan 23,5 mln yevro kredit olinadi
Iqtisodiyot | 19:43
-
Pentagon uzoq masofaga suzishga qodir ekipajsiz suvosti kemasini yaratishni rejalashtirmoqda
Jahon | 19:41
-
Tailandda birinchi robot-politsiyachi taqdim etildi
Fan-texnika | 19:39
-
Bloomberg O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 19:37
Mavzuga oid

09:00 / 12.10.2022
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining sayyor Hay’at yig‘ilishi Qashqadaryoning Ko‘kdala tumanida o‘tkazildi

09:00 / 22.05.2022
Prezident sovg‘asi – “Spark” avtomobili o‘z egasiga topshirildi

15:09 / 28.10.2021
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar uchun ishonch telefoni va botni ishga tushirdi

19:22 / 24.05.2021