Kuni keça Qaşqadaryo viloyati Kökdala pedagogika kollejida Oliy va örta maxsus ta’lim vaziri A.Toşqulov raisligida barça davlat oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, sohaning mas’ul vakillari va OAV xodimlari iştirokida sayyor Hay’at yiğilişi bölib ötdi.
Yiğiliş «Yaşil makon» umummilliy dasturi ijrosi, talabalar bandligini ta’minlaş, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik hamda oliy va professional ta’lim integratsiyasi masalalariga bağişlandi.


Dastlab, bugungi sayyor yiğilişning aynan Kökdala pedagogika kollejida ötkazilgani bejiz emasligiga töxtalinib, "boisi, mazkur kollejning bu boradagi tajribasi bilan örtoqlaşiş, amalga oşirilgan işlarni joyida körib, yaxşi tomonlarini boşqa hududlarda ham joriy etiş", – dedi vazir.
Qayd etilganidek, bu yerda «Yaşil makon» umummilliy dasturi doirasida e’tiborga molik işlar amalga oşirilgan, kollej hududida 100 ming tupdan ziyod mevali va manzarali daraxtlar ötkazilib, hudud aholisi salqinlik va kislorodga töyingan toza havo bilan ta’minlangan.
Umuman, mazkur aholi punktida «yaşil boğ» yaratiş, uni parvarişlaş va kökalamzorlaştiriş borasida tajriba şakllanib, yaxşi maktab yaratilgan.


Ma’lumotlarga köra, oliy, örta maxsus va professional ta’lim muassasalari hududlarida 2021 yil kuz va 2022 yil bahor mavsumlarida jami 2 mln 840 ming 696 dona manzarali, mevali daraxt hamda buta köçatlari ekilgan.
Tizimli yölga qöyilgan mazkur işlarni davom ettiriş maqsadida köp mablağ va ortiqça mehnat talab qilmaydigan, 5-6 yildan söng yaxşi daromad manbai böladigan terak köçatlari va qalamçalarini barça professional va oliy ta’lim muassasalarida kamida 5 ming donadan ekiş böyiça aniq vazifalar berildi.
Vazir oliy va professional ta’lim integratsiyasi masalasiga ham töxtalib, iqtisodiyot tarmoqlarining turli sohalariga örta böğin kadrlar tayyorlaşda metodik kömak körsatiş maqsadida 208 ta texnikum 70 ta OTMga biriktirilganini ta’kidladi.
Keyingi masala davlat rahbari tomonidan joriy yil oxiriga qadar quyoş panellari va quyoş suv isitiş qurilmalarini barça oliy ta’lim muassasalariga joriy etiş böyiça berilgan topşiriqlari ijrosi böldi.





















