Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tizimdagi xotin-qizlar zöravonlikning turli körinişlariga duç kelganda murojaaat qilişlari uçun 1006 işonç telefoni hamda @himoya_otv_bot’ni işga tuşirdi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida ma'lum qilindi.

“Agar siz ta'lim olayotgan yoki mehnat qilayotgan oliygoh, professional ta'lim muassasasida sizga nisbatan biron-bir körinişda tegajaklik, tazyiq yoki zöravonlik sodir etilgan bölsa yoxud ana şunday nojöya xatti-harakatlar tahdidi ostida bölsangiz yoki guvohi bölgan bölsangiz, heç ikkilanmay Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining 1006 işonç telefoniga yoki @himoya_otv_bot’ga murojaat qiling”, – deyiladi xabarda.

Ta'kidlanişiça, xabar beruvçining şaxsi va şaxsiy ma'lumotlari sir saqlanişi kafolatlanadi va jabrlanuvçiga zarur bölgan barça yordam körsatiladi, nojöya xatti-harakatlarga yöl qöymaslik, sodir etilgan har bir holat böyiça qat'iy çoralar körilişi ta'minlanadi.

Ma'lumot uçun, zöravonlikning turli körinişiga duç kelganda murojaat qiliş uçun respublika böylab yagona raqam – Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligining 1146 işonç telefoni ham mavjud. Bundan taşqari zöravonlikdan jabr körganlar uçun Najot ilovasi orqali har bir viloyatdagi reabilitatsiya markazlariga boğlaniş kerak böladi.

Şuningdek, «Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida»gi qonunga köra, tazyiq va zöravonlikdan jabr körgan har bir xotin-qiz tegişli organlarga yoki sudga murojaat etiş huquqiga ega. Agar oilaviy munosabatlar sabab tazyiq va zöravonlikka uçragan ayol sudga murojaat qilsa undan davlat boji undirilmaydi.