Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel Jonsonning Brexit bo‘yicha yangi rejasini rad etdi
Germaniya kansleri Angela Merkel Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonga Brexit bitimi Shimoliy Irlandiya YeI bojxona ittifoqida qolgandagina imzolanishi mumkinligini aytib, Londonning Brexit bo‘yicha yangi rejasini rad etdi. Bu haqda Bi-Bi-Ci siyosiy kuzatuvchisi Lora Kyunssberg Buyuk Britaniya bosh vaziri devonxonasi vakiliga tayanib ma'lum qildi.
Aks holda, Merkelning fikricha, kelishuvga erishish "deyarli mumkin emas", deb yozadi Kyunssberg.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Jonson Merkelga javoban Berlinning bunday talabi bitim tuzilishini "imkonsiz" qilib qo‘yishini aytgan.
Agar Bi-bi-si ma'lumotlari tasdiqlansa, EIning Shimoliy Irlandiyani YeI yagona bojxona hududida qoldirish niyati Jonsonning o‘tgan hafta taqdim etgan Brexit rejasiga mutlaqo ziddir.
Mavzuga oid
14:48 / 24.11.2024
London YeI bilan munosabatlarni tiklash uchun muzokarachi qidirmoqda
08:53 / 01.12.2022
Brexit: Bryussel Londonga bosim o‘tkazishning yangi vositalariga ega bo‘ladi
14:37 / 04.01.2022
Brexit’ga bir yil to‘ldi: Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etib yutdimi yo yutqazdi?
22:11 / 30.12.2021