Jahon | 22:58 / 08.10.2019
7489
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Erdo‘g‘an 13 noyabrda AQShga tashrif buyurishi va u bilan muzokaralar olib borishini ma'lum qildi

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an 13 noyabr kuni AQShga keladi va prezident Donald Tramp bilan muzokaralar olib boradi. Bu haqda Vashington ma'muriyati rahbari Twitter sahifasida ma'lum qildi. 

"U (Erdo‘g‘an) 13 noyabr kuni mening mehmonim sifatida AQShga keladi", deb yozdi Tramp. 

U Anqarani AQShning eng yirik savdo sheriklaridan biri deb atab, AQSh-Turkiya munosabatlarining muhimligini ta'kidladi.

"Ko‘pchilik Turkiya AQShning eng yirik savdo sheriklaridan biri ekanligini osongina unutmoqda, ular bizning F-35 qiruvchi samolyotimiz uchun fyuzelyajning po‘lat konstruksiyalarini tayyorlaydi. Ular bilan ishlash ham juda yaxshi - ular menga Suriyaning Idlib viloyatida ko‘pchilikning hayotini saqlab qolishimga yordam berishdi va mening iltimosimga binoan uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilingan pastor [Endryu] Brensonni sog‘-omon qaytarishdi. Bundan tashqari, esda tuting va bu juda muhim - Turkiya NATOning yaxshi nufuzga ega muhim a'zosi", - deb qayd etdi AQSh prezidenti.

Yakshanba kuni Erdo‘g‘an va Tramp telefon orqali suhbatlashishgan va noyabr oyida Vashingtonda uchrashuv o‘tkazishga kelishib olishgan.

Mavzuga oid