Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdöğan Turkiyaning Suriyadagi operatsiyasini tanqid qilgan Ğarb davlatlarini ikkiyuzlamaçilikda aybladi.

"Ittifoqçilarimiz yuzimizga boşqa narsani, ortimizdan esa boşqa narsani gapirişadi... Kurdiston işçilar partiyasi (KIP) – bu loyiha. Ittifoqçilarimiz biz bilan emas, YPG (suriyalik kurdlar mudofaa kuçlari) bilan hamkorlikni ma'qul körişdi. Bizni bu operatsiya uçun tanqid qilişmoqda va hattoki uni töxtatişni talab qilişyapti. Ammo (YPG) otgan 900ta snaryad bizning şaharlarimizga tuşdi, 20 nafar fuqaromiz halok böldi, 70 kişi jarohatlandi. Ammo bizga (Ğarb davlatlaridan) heç kim qönğiroq qilmadi. Ularga işonib bölmaydi", - dedi Erdöğan.

"IŞID hududimizda tartibsizlik hosil qiliş uçun xuddi ipga osilgan qöğirçoqdek boşqarilmoqda. IŞIDni boşqarayotgan davlatlar bugun göyoki özlarini unga qarşidek tutmoqda. Muammo IŞIDda emas, hattoki KIPda ham emas, balki bizning hududimizga qarşi loyiha-reja mavjud", - deb qöşib qöydi Turkiya yetakçisi.

U AQŞni yana bir bor suriyalik kurdlarga qurol yetkazib berişda aybladi.

"AQŞ ularga Iroq orqali 30 mingta yuk maşinasida qurol yetkazib berdi. Yevropa ham ularni qöllab-quvvatlamoqda. Terrorçilar 90 kilometrga yaqin tunnel qurişgan. Ular sementni qayerdan olişyapti? Uni Fransiya kompaniyasi beryapti. Buni qanday izohlaysiz? Ular buni yaşira olişmaydi, hammasi körinib turibdi. Ammo ular buning badalini tölaşiga töğri keladi", - dedi Erdöğan.