O‘zbekiston | 10:53 / 09.10.2019
11553
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston aerodromlarida aviatsiya uchun xavfli bo‘lgan 1153ta ob-havo hodisalari kuzatilgan

Foto: KUN.UZ

«O‘zgidromet» 2019 yilning to‘qqiz oyi davomidagi faoliyati yakunlari haqidagi ma'lumotni e'lon qildi.

Qayd etilishicha, to‘qqiz oy davomida «O‘zgidromet» iqtisodiyot tarmoqlarini gidrometeorologik ma'lumotlar va prognozlar bilan ta'minladi. Markazning xizmat ko‘rsatish, tezkor, tahliliy, iqlimiy ma'lumotlarni vazirlik, idora va boshqa tegishli korxona va tashkilotlarga yetkazish ishlari 3162,5 mln. so‘mni tashkil etdi.

Qisqa va o‘rta muddatli tezkor agrometeorologik va meteorologik ma'lumotlar va prognozlarning oqlanishi va aniqlik darajasi 91-93 foiz, gidrologik ma'lumotlarda 90-92 foiz, agrometeorologik ma'lumotlarda 90 foizni tashkil etdi.

2019 yil 9 oy davomida jami 16 360ta samolyot-parvozlari ob-havo ma'lumotlari bilan ta'minlangan bo‘lib, shulardan 15 334tasi xalqaro yo‘nalishdagi parvozlardir. Aerodrom bo‘yicha tuzilgan 9/24 soatlik bashoratlarning oqlanishi 92,8 foizni, qo‘nish uchun berilgan bashoratlarning oqlanishi 97,8 foizni, shtorm ogohlantirishlarning oqlanishi 96,8 foizni tashkil etdi.

O‘zbekiston aerodromlari hududlarida hammasi bo‘lib aviatsiya uchun xavfli bo‘lgan 1153ta ob-havo hodisalari kuzatilgan bo‘lib, ogohlantirilish 99,7 foiz bo‘lgan, shulardan 332tasida ko‘rinuvchanlik 2 000 metrdan kam va bulutlilik 200 metrdan kam bo‘lganligi kuzatilgan.

Qatnovlardagi uzilishlar, vaqtincha to‘xtatib qo‘yilishi va bekor qilinishiga bashoratlarning oqlanmaganligi sabab bo‘lmagan.

2019 yil 9 oy davomida Toshkent shahri bo‘yicha 35 653ta, butun tarmoq bo‘yicha 100 339ta atmosfera havosi namunalari olingan va tahlil qilingan. Yuza suvlar ifloslanishi monitoringi laboratoriyasida 412 yuza suv namunalari tahlil qilingan. Radioaktiv yog‘inlar zichligini aniqlash uchun 450 ta namuna tahlil qilingan.

Mavzuga oid