Senat «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi Qonunni ma'qulladi
Senatning 23-yalpi majlisida «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Mazkur qonun 12 bob, 63ta moddadan iborat bo‘lib, to‘lov bozorida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, to‘lov bozori ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilashni maqsad qiladi.
Qonunda belgilanishicha, to‘lov tizimi – uning operatori, ishtirokchilari va to‘lov tashkilotlarining belgilangan tartib-taomillarni, infratuzilmani va qoidalarni qo‘llash vositasida hamkorlik qilish yo‘li bilan to‘lovlarni amalga oshirishni ta'minlaydigan munosabatlari majmuidir.
Mazkur qonunda to‘lov tizimi qoidalariga ushbu tizim ishtirokchilarining boshqa to‘lov tizimlarida ishtirok etishini cheklovchi shartlarni kiritish taqiqlanishi ham nazarda tutilgan bo‘lib, tizimning qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan hollarda, ularni qo‘llash tartiblari ham belgilangan.
Markaziy bank raisi o‘rinbosari Ilhomjon Abdug‘afforovning qayd etishicha, to‘lov tizimi operatori litsenziya olgan holda tizim qoidalarini o‘zi belgilaydi. To‘lov tizimi infratuzilmasining ishlashini ta'minlaydi. Tizimda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar, risklarni boshqarishga to‘lov tizimi ishtirokchisi bo‘lgan banklar, tizim operatori mas'ul hisoblanadi.

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Botir Zohidov mazkur qonunga asosan elektron pullarning muomalaga chiqarilishining afzalliklari xususida ma'lumot berdi.

«Elektron pullar O‘zbekiston uchun yangilik hisoblanadi. Elektron to‘lovning joriy etilishi raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keladi, onlayn bozorning ommabopligini oshiradi. An'anaviy pullarga qaraganda elektron pullarda tranzaksion xarajatlari past, ular tezkor ishlaydi. Elektron pullarning nazorat mexanizmi Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi», - deya Botir Zohidovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Markaziy bank raisi o‘rinbosarining qayd etishicha, elektron pullar bilan amaliyot bajarishda ularni bir bazaviy hisoblash miqdori - 220 ming so‘mgacha identifikatsiya qilmaslik mumkin, undan ortiq bo‘lgan summa esa identifikatsiyani talab qiladi. Shuningdek, bitta elektron qurilma orqali besh bazaviy hisoblash miqdorigacha operatsiya amalga oshirilishi mumkin. Bitta operatsiyaning belgilangan eng ko‘p miqdori esa 22 mln so‘mni tashkil etadi.
Mavzuga oid

12:58 / 26.06.2025
Senat yadroviy zarar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilishni ma’qulladi

12:40 / 25.06.2025
Bankni tugatishga oid qoidalar belgilandi

09:17 / 20.06.2025
Markaziy bank 13 ta bankka jarima sanksiyasi qo‘lladi

16:51 / 18.06.2025