Jamiyat | 09:28 / 12.10.2019
7080
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqanddagi vatin ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

2019 yil 10 oktabr kuni soat 17:25da Samarqand shahri G.Karimova ko‘chasi 7-uyda joylashgan “Tolib Orzu Tekstil” MChJga qarashli vatin ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida yong‘inni bartaraf etilishiga beshta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar voqea joyiga 6 daqiqada yetib borganda, vatin ishlab chiqarish sexining bostirmasi yonayotganligi ma'lum bo‘lgan. 

Yong‘in soat 18:20da o‘rab olinib, 20:30da bartaraf etilgan. Yong‘indan ishlab chiqarish sexining 150 kv. metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida chiqindilarni yig‘ish ombori bostirmasida saqlanayotgan ikkilamchi xomashyo chiqindilar to‘plami 150 kv. metr maydonda yongan. 

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid