Bojxonachilar yirik miqdordagi telefon va telefon aksessuarlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi
Bojxonachilar tomonidan telefon va telefon aksessuarlarining respublikaga noqonuniy olib kirilishining bir nechta holati aniqlandi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Rossiya Federatsiyasidan respublikamizga o‘tish uchun ushbu postga kirib kelgan fuqaro Q.X. boshqaruvida bo‘lgan “Lada-Largus” rusumli avtoulov bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, avtomashina yukxonasida og‘zaki savol javobda aytilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 67,6 million so‘mlik 12 940 dona uyali telefon aksessuarlarini bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida yashirib olib kirish vaqtida to‘xtatib qolindi.
Shuningdek, “G‘ishko‘prik” chegara bojxona posti Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish guruhi xodimi tomonidan, fuqaro Ye.A.ning qo‘l yuklari xolislar ishtirokida tekshirilganida, qo‘l sumkasi ichida qiymati 14 million so‘mlik 18 dona turli rusumdagi uyali telefonlari borligi aniqlandi.
“Farxod” chegara bojxona posti xodimi tomonidan ham yana bir holatda qo‘shni davlatdan piyoda holda kirib kelgan fuqaro S.M. og‘zaki savol-javobdan so‘ng, xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, kiyimlari orasiga yashirilgan qiymati 1,6 million so‘mlik jami 8 dona, uyali aloqa vositalari borligi ma'lum bo‘ldi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
12:58
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
21:02 / 22.10.2024
Avstraliyada tushib ketgan telefonini olishga uringan ayol 7 soat tosh orasida qolib ketdi
09:24 / 27.09.2024
O‘tgan 8 oyda O‘zbekistonga kuniga 10 ming donadan oshiq telefon olib kirilgani ma’lum qilindi
12:14 / 26.09.2024