Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oksford islom tadqiqotlari markazida o‘zbekistonlik o‘qituvchi va talabalarning malakasi oshiriladi
2019 yil 14 oktabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Timoti Torlot bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Senat axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda Oksford universiteti bilan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Shu o‘rinda amaliy loyihalarni ro‘yobga chiqarish, shu jumladan Oksford islom tadqiqotlari markazida o‘qituvchi va talabalarning malakasini oshirish imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston moliya bozorini barqaror rivojlantirish maqsadida Britaniya tashkilotlari va kompaniyalari bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.
Mavzuga oid
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
21:12 / 25.06.2026
Shavkat Mirziyoyev va Toni Bler hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi
17:26 / 23.06.2026