Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Agentlik arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona siyosat olib boruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.

Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:

Agentlik markaziy apparati;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari;

O‘zbekiston Milliy arxivi;

O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi;

O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi;

Qoraqalpog‘iston markaziy davlat arxivi, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi, viloyat, shahar va tuman davlat arxivlari va ularning filiallari, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari;

Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi.

Hududiy boshqarmalar Agentlikka, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklariga hisob beradi.

Davlat arxivlari Agentlikning hududiy boshqarmalari va tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklariga hisob beradi.

O‘zbekiston Milliy arxivi, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi, Markaz Agentlikka hisob beradi.

Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va nazoratini amalga oshirish;

Milliy arxiv fondi hujjatlarini jamlash, ularning saqlanishini, davlat hisobiga olinishini ta'minlash va ulardan keng foydalanish;

hududiy boshqarmalarni, milliy arxivlar va davlat arxivlarini boshqarish va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash;

arxiv xizmatlarini ko‘rsatishda nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, arxiv ishi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;